1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

32-modda. Rad qilish
Ma’muriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslar ushbu Qonunning 
31-
moddasida 
nazarda tutilgan asoslardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda, ma’muriy organning
mansabdor shaxsi va ma’muriy ishni hal etishga ko‘maklashayotgan shaxslarni rad qilish
to‘g‘risida yozma shaklda ariza berishga haqli.
Rad qilish asoslantirilgan bo‘lishi va bu haqda ma’muriy hujjat qabul qilinguniga qadar
ma’muriy ish yuritishning istalgan bosqichida ariza berilishi mumkin.
Ma’muriy organning mansabdor shaxsini rad qilish to‘g‘risidagi ariza rad qilish
bildirilayotgan mansabdor shaxsga yoxud ma’muriy ish yuritish kollegial organ tomonidan
amalga oshirilayotgan bo‘lsa, kollegial organning raisiga beriladi. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani
qabul qilgan ma’muriy organning mansabdor shaxsi bir ish kuni ichida ma’muriy ishni ko‘rib
chiqishni to‘xtatishi va rad qilish to‘g‘risidagi arizani rad qilish haqida qaror qabul qilishga
vakolatli bo‘lgan shaxsga ko‘rib chiqish uchun berishi kerak.
Rad qilish to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha qarorni o‘ziga nisbatan rad qilinishi haqida arz
qilingan mansabdor shaxsning bevosita rahbari, agar rad qilish ma’muriy organning
mansabdor shaxsiga nisbatan arz qilingan bo‘lsa, yuqori turuvchi organ yoki boshqa vakolatli
organ qabul qiladi.
Ma’muriy ish yuritish kollegial organ tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, rad qilish
to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha qaror ushbu organ a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul
qilinadi. Rad qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish yuzasidan ovoz berishda kollegial
organning o‘ziga nisbatan rad qilish to‘g‘risida ariza berilgan a’zosi ishtirok etmaydi. Agar rad
qilish kollegial organning butun tarkibiga nisbatan arz qilingan bo‘lsa, rad qilish to‘g‘risidagi
qaror xuddi shu organ tomonidan to‘liq tarkibda oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ma’muriy ishni hal etishga ko‘maklashayotgan shaxslarni rad qilish to‘g‘risidagi ariza
ma’muriy ish yuritishni amalga oshirayotgan hamda ushbu ariza bo‘yicha tegishli qaror qabul
qiladigan ma’muriy organning mansabdor shaxsiga beriladi.
Rad qilish to‘g‘risidagi qaror rad qilish haqida ariza berilgan paytdan e’tiboran bir ish
kunidan kechiktirmasdan qabul qilinishi kerak.
Ma’muriy ishni ko‘rib chiqayotgan ma’muriy organning mansabdor shaxsini, kollegial
organ a’zosini yoki kollegial organning butun tarkibini rad qilish to‘g‘risidagi ariza
qanoatlantirilgan taqdirda, bir vaqtning o‘zida ushbu ma’muriy ishni ko‘rib chiqishga vakolatli
bo‘lgan shaxs (kollegial organ) tayinlanadi.
Ushbu Qonunning 
31-moddasida 
nazarda tutilgan asoslardan biri mavjud bo‘lsa, ma’muriy
organning mansabdor shaxsi, shuningdek ma’muriy ishni hal etishga ko‘maklashayotgan
shaxslar o‘zini o‘zi rad qilish to‘g‘risida darhol arz qilishi shart.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə