1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Ma’muriy ishni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq xarajatlar



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

40-modda. Ma’muriy ishni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq xarajatlar
Ma’muriy ishni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq xarajatlar ma’muriy ish yuritishni amalga
oshiruvchi ma’muriy organ zimmasida bo‘ladi.
Ma’muriy ish yuritishda qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan ma’muriy
ishni hal qilishga ko‘maklashuvchi shaxslarning ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlar haqini
to‘lash ushbu harakatlar ma’muriy ish yuritishning qaysi ishtirokchilari iltimosnomasi bo‘yicha
amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha ishtirokchining zimmasida bo‘ladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy organlarga beriladigan arizalardan qonunda belgilangan tartibda va miqdorda
davlat boji yoki yig‘im undirilishi mumkin. Yig‘imning miqdori ma’muriy ishni ko‘rib chiqish
chog‘ida ma’muriy organ sarflagan xarajatlar doirasida belgilanadi.
(40-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi O‘RQ-600-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
Ma’muriy shikoyatlar uchun davlat boji va yig‘im undirilmaydi.
3-bob. Ma’muriy ish yuritish
41-modda. Ma’muriy ish yuritishni boshlash uchun asoslar
Manfaatdor shaxsning arizasi (shikoyati) yoki ma’muriy organning tashabbusi ma’muriy
ishni boshlash uchun asos bo‘ladi.
Ma’muriy ish yuritish ariza ma’muriy organda ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran
boshlangan hisoblanadi.
Agar ma’muriy ishni boshlash uchun ma’muriy organning tashabbusi asos bo‘lsa,
ma’muriy ish yuritish adresat tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan e’tiboran boshlangan
hisoblanadi.
42-modda. Arizaning mazmuni va unga qo‘yiladigan talablar
Ma’muriy organga beriladigan arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) ariza berilayotgan ma’muriy organning nomi;
2) arizachi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning yashash joyi, agar
arizachi yuridik shaxs bo‘lsa — uning nomi va joylashgan eri (pochta manzili), shuningdek agar


ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va
manzili;
3) arizachining talabi;
4) arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning ro‘yxati (agar bunday hujjatlar mavjud bo‘lsa);
5) ariza berilgan sana.
Ariza arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan
bo‘lsa, unga ishonchnomaning yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning
ko‘chirma nusxasi ilova qilinishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning
manfaatlarini ko‘zlab berilgan arizada ushbu moddada ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari o‘z
manfaati himoya qilinayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning manzili
(pochta manzili) va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborot ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
(42-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarga nisbatan qonunchilikda boshqa talablar ham
nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
Ma’muriy organ arizachidan qonunchilikda nazarda tutilmagan axborotni yoki hujjatlarni
taqdim etishni talab qilishga, shuningdek arizaga va unga ilova qilingan hujjatlarga nisbatan
talablar qo‘yishga haqli emas.
Elektron shaklda beriladigan arizalarda arizachining elektron manzili hamda yagona
identifikatori, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa elektron raqamli imzo va boshqa
rekvizitlar ko‘rsatilishi kerak.
(42-moddaning to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Arizada elektron manzilning ko‘rsatilganligi arizachining xabarlarni axborot tizimi orqali
qabul qilishga bo‘lgan roziligidir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslar arizalarni og‘zaki shaklda berishga ham haqli, bundan
qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlangan hollar mustasno.
(42-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə