1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Ma’muriy hujjatni bekor qilish tartib-taomili



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

60-modda. Ma’muriy hujjatni bekor qilish tartib-taomili
Ma’muriy hujjatni manfaatdor shaxs foydasiga bekor qilish majlis o‘tkazmasdan amalga
oshirilishi mumkin.
Ma’muriy hujjatni manfaatdor shaxs manfaatlariga zid ravishda bekor qilish, agar qonunda
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, uni majlisda qayta ko‘rib chiqish orqali amalga
oshiriladi.
Agar ma’muriy hujjatni bekor qilish bir manfaatdor shaxs foydasiga, ammo boshqa
manfaatdor shaxsning manfaatlariga zid ravishda amalga oshirilayotgan bo‘lsa, ushbu
moddaning 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.
61-modda. Ma’muriy hujjat bekor qilingan taqdirda hujjatlar, buyumlar va pul
mablag‘larini qaytarish
Ma’muriy hujjat bekor qilingan taqdirda uning asosida berilgan hujjatlar, buyumlar va pul
mablag‘lari, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularga egalik qilayotgan
shaxslar tomonidan qaytarib berilishi lozim.
5-bob. Ma’muriy shikoyat bo‘yicha ish yuritish
62-modda. Ma’muriy shikoyat predmeti
Ushbu bobda belgilangan tartibda:
ma’muriy hujjatlar ustidan;
protsessual hujjatlar ustidan, agar ularning ustidan shikoyat qilish ushbu Qonunda
nazarda tutilgan bo‘lsa;
ma’muriy harakatlar ustidan, shu jumladan ma’muriy hujjatni qabul qilishni rad etish yoki
uni tegishli muddatda qabul qilmaganlik ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
63-modda. Ma’muriy shikoyat qilish tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Manfaatdor shaxs ma’muriy shikoyatni qonunchilikka muvofiq ma’muriy shikoyatlarni
ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan yuqori turuvchi ma’muriy organga yoki boshqa vakolatli
ma’muriy organga ustidan shikoyat qilinayotgan ma’muriy hujjatni, protsessual hujjatni qabul
qilgan yoxud ma’muriy harakatni amalga oshirgan ma’muriy organ orqali berishi mumkin.
(63-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ma’muriy shikoyatni olgan ma’muriy organ u kelib tushgan paytdan e’tiboran uch ish kuni
ichida ma’muriy shikoyatni yuqori turuvchi organga yoki ushbu ma’muriy shikoyatni ko‘rib
chiqishga vakolatli bo‘lgan boshqa ma’muriy organga ma’muriy ish bilan birga yuboradi.
Manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat ustidan berilgan ma’muriy shikoyatni ma’muriy tartibda
ko‘rib chiqish natijalaridan norozi bo‘lgan yoki yuqori turuvchi ma’muriy organ mavjud
bo‘lmagan taqdirda, ma’muriy hujjat ustidan sudga shikoyat qilishga haqli.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikda ma’muriy hujjat ustidan ma’muriy shikoyat berilishi mumkin bo‘lgan
boshqa organ belgilanishi mumkin.
(63-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə