1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Shikoyat qilinganda ma’muriy hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

70-modda. Shikoyat qilinganda ma’muriy hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy hujjat ustidan
shikoyat qilinganligi ma’muriy shikoyat ma’muriy organda ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan
e’tiboran uning amal qilishini va ijro etilishini to‘xtatib turadi.
6-bob. Ijro ishini yuritish
71-modda. Ma’muriy hujjatning ijrosini ta’minlaydigan organ
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy hujjatni
qabul qilgan ma’muriy organ uning ijrosini ta’minlaydi.
72-modda. Ma’muriy hujjatni ixtiyoriy ijro etish muddati
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy organ tomonidan ma’muriy hujjatni ixtiyoriy ijro etish uchun belgilangan
muddat, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, adresat qabul
qilingan ma’muriy hujjat to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan kundan e’tiboran besh
kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak.
(72-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
73-modda. Ma’muriy hujjatni ixtiyoriy ijro etish usuli
Adresat ma’muriy hujjatda belgilanadigan ijro etish tartibi doirasida ma’muriy hujjatni o‘zi
uchun eng maqbul bo‘lgan qonuniy usullar va vositalar orqali ijro etishga haqli.
Ixtiyoriy ijro etish usuli ma’muriy hujjat talablarining tegishli tarzda va o‘z vaqtida ijro
etilishini ta’minlashi kerak.
74-modda. Ma’muriy hujjatning majburiy ijro etilishiga yo‘l qo‘yilmasligi
Oldingi
 tahrirga qarang.


Ma’muriy hujjatni majburiy ijro etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(74-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ma’muriy hujjat bo‘yicha o‘z majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda, tegishli tarzda va tegishli
muddatda bajarayotgan shaxsga nisbatan ma’muriy hujjatni majburiy ijro etishning hech bir
chorasi qo‘llanishi mumkin emas.
Agar adresat ma’muriy hujjatni majburiy ijro etish choralarini qo‘llash tahdidi ostida
ixtiyoriy ravishda ijro etishga rozilik bildirsa va o‘z majburiyatlarini bajarishga kirishsa,
tayinlangan majburiy ijro etish chorasi adresat ma’muriy hujjatni vijdonan va tegishli tarzda
bajarayotganda ijro etilmasligi kerak.
Adresatning o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarganligi majburiy ijro etish chorasi qo‘llanilishini
darhol bekor qiladi.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə