1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Majburiy ijro choralarini qo‘llash to‘g‘risida ogohlantirish



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

81-modda. Majburiy ijro choralarini qo‘llash to‘g‘risida ogohlantirish
Ushbu Qonunning 
75-moddasida 
nazarda tutilgan holda ma’muriy organ majburiyatli
shaxsga majburiy ijro choralarini qo‘llash to‘g‘risida ogohlantirish yuborishi va ma’muriy hujjatni
ixtiyoriy ijro etish uchun qo‘shimcha muddat belgilashi mumkin. Agar majburiyatli shaxs
belgilangan qo‘shimcha muddatda o‘z majburiyatlarini bajarmasa, ma’muriy organ majburiy ijro
chorasini bir ish kuni ichida qo‘llaydi.
82-modda. Ma’muriy organ tomonidan ma’muriy hujjat bo‘yicha o‘z majburiyatlarini
bajarmaslik
Agar ma’muriy organ o‘zi qabul qilgan ma’muriy hujjat bo‘yicha o‘z majburiyatlarini
ma’muriy hujjatda belgilangan ijro muddati ichida yoki, agar bunday muddat belgilanmagan
bo‘lsa, ma’muriy hujjat qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida tegishli tarzda bajarmasa,
manfaatdor shaxs bunday bajarmaganlik ustidan ma’muriy hujjat ustidan shikoyat qilish uchun
belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
83-modda. Ijro ishi yuritishdagi xarajatlar
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy hujjatni majburiy
ijro etish bo‘yicha qilingan xarajatlarning o‘rni majburiyatli shaxs hisobidan qoplanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
84-modda. Ma’muriy reglamentlar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy ishlarni hal
qilish, ma’muriy va protsessual hujjatlarni qabul qilish, ma’muriy hujjatlarni ijro etish, shuningdek
ma’muriy shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ma’muriy organlar faoliyatining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga oluvchi ma’muriy reglamentlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(84-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə