1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

75-modda. Majburiy ijro choralari
Ma’muriy organ qonunda nazarda tutilgan hollarda quyidagi majburiy ijro choralarini
qo‘llashga haqli:
pulga oid majburlov;
ma’muriy hujjatda nazarda tutilgan harakatlarni ma’muriy organ yoki boshqa shaxs
tomonidan qarzdor hisobiga amalga oshirish;
bevosita majburlov.
Majburiy ijro chorasi ma’muriy organning ijro hujjati bilan rasmiylashtirilishi kerak. Tegishli
ijro hujjatini qabul qilmay turib, majburiy ijro choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ma’muriy organ majburiy ijro chorasini tayinlashda ma’muriy tartib-taomillar prinsiplariga
amal qilishi kerak.
Agar tayinlangan majburiy ijro chorasi ma’muriy hujjat talablarining tegishli tarzda va o‘z
vaqtida ijro etilishini ta’minlamagan bo‘lsa, ma’muriy organ og‘irroq majburlov chorasini
qo‘llashga haqli.
Qonunda boshqa majburiy ijro choralari ham nazarda tutilishi mumkin.
76-modda. Ma’muriy organning ijro hujjati
Ma’muriy hujjat adresat tomonidan tegishli tarzda va tegishli muddatda ijro etilmagan
taqdirda uning majburiy ijrosini ta’minlovchi protsessual hujjat ma’muriy organning ijro
hujjatidir. Agar ushbu bobda yoki boshqa qonunda o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
ijro hujjatlariga nisbatan ushbu Qonunning
4-bobida 
nazarda tutilgan talablar va qoidalar
qo‘llaniladi.
Agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, ijro hujjati ma’muriy organ
tomonidan o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki ijro etilayotgan ma’muriy hujjat ma’muriy ish yuritish
boshqa ishtirokchisining qaysi talabi natijasida qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha talabga ko‘ra, ixtiyoriy
ijro etish muddati o‘tgach uch ish kuni ichida qabul qilinadi.
Ma’muriy organning ijro hujjati faqat yozma shaklda qabul qilinadi va u ushbu Qonunning
33-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda xabardor qilish maqsadida adresatga, shuningdek
ma’muriy hujjatning majburiy ijro etilishini talab qilayotgan shaxsga bir ish kuni ichida yuborilishi
kerak.
Ijro ishini yuritishda ma’muriy hujjat bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki
tegishli tarzda bajarmaganligi uchun o‘ziga nisbatan ijro hujjati qabul qilingan adresat —
majburiyatli shaxs, ijro hujjati qaysi shaxsning foydasiga yoki qaysi shaxs manfaatlarini ko‘zlab
qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha shaxs undiruvchi bo‘ladi.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə