1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Ijro hujjatini ijro etish



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

77-modda. Ijro hujjatini ijro etish
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ijro hujjati majburiyatli shaxs
uning qabul qilinganligi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan e’tiboran kamida
besh kun o‘tgach ijro etiladi. Majburiyatli shaxsni tegishli tarzda xabardor qilish imkoni
bo‘lmagan taqdirda, ijro hujjati tegishli tarzda xabardor qilish imkonsizligi fakti rasmiylashtirilgan
paytdan e’tiboran besh kun o‘tgach kuchga kiradi va ijro etiladi.


78-modda. Pulga oid majburlov
Pulga oid majburlov undirilishi lozim bo‘lgan muayyan summani tayinlashda yoki o‘tkazib
yuborilgan har bir kun uchun penya to‘lashda ifodalanishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pulga oid majburlovning eng ko‘p miqdorlari qonunchilikda belgilanadi.
(78-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
79-modda. Ma’muriy hujjatda nazarda tutilgan harakatlarni ma’muriy organ yoki
boshqa shaxs tomonidan qarzdor hisobiga amalga oshirish
Agar ma’muriy hujjatda nazarda tutilgan biror-bir harakatni amalga oshirish majburiyati
adresat tomonidan bajarilmayotgan bo‘lsa, ammo u boshqa shaxs tomonidan bajarilishi
mumkin bo‘lsa, ma’muriy organ ushbu harakatni majburiyatli shaxs hisobidan amalga oshirish
uchun boshqa shaxsni jalb etishi mumkin. Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan
bo‘lsa, ma’muriy hujjatning ijrosini ta’minlovchi organ ushbu harakatni majburiyatli shaxs
hisobidan o‘zi amalga oshirishga, agar bu mumkin bo‘lsa, haqli.
80-modda. Bevosita majburlov
Agar yengilroq choralar ma’muriy hujjatning ijrosini ta’minlay olmasa yoki obyektiv
holatlarga ko‘ra ularni qo‘llash mumkin bo‘lmasa, ma’muriy hujjatning ijrosini ta’minlovchi organ,
o‘zida tegishli vakolatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, majburiyatli shaxsni qonunda belgilangan
tartibda ma’muriy hujjat bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga bevosita majburlashga, bunday
vakolatlar mavjud bo‘lmaganda esa tegishli ijro hujjatini ijro etish borasida ko‘maklashish uchun
vakolatli davlat organiga murojaat qilishga haqli.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə