1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Ma’muriy shikoyatni berish muddati



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

64-modda. Ma’muriy shikoyatni berish muddati
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy shikoyat ma’muriy
hujjat, protsessual hujjat to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan yoki manfaatdor
shaxsga ma’muriy harakat haqida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay
berilishi mumkin.


Ma’muriy shikoyat berish muddati, agar u uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa,
shikoyatni ko‘rib chiquvchi ma’muriy organ tomonidan tiklanishi mumkin.
65-modda. Ma’muriy shikoyatning shakli va mazmuni
Ma’muriy shikoyat yozma, og‘zaki yoki elektron shaklda beriladi va unda quyidagilar
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) ma’muriy hujjatni qabul qilgan ma’muriy organning nomi;
2) shikoyat bergan arizachining (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash
joyi, yuridik shaxs uchun esa — uning nomi va joylashgan eri (pochta manzili);
3) arizachining talablari;
4) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati (mavjud bo‘lgan taqdirda);
5) ariza berilgan sana.
Ma’muriy shikoyat manfaatdor shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar
shikoyat vakil tomonidan berilgan bo‘lsa, unga ishonchnomaning yoki vakilning vakolatlarini
tasdiqlovchi boshqa hujjatning ko‘chirma nusxasi ilova qilinishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida berilgan ma’muriy shikoyatda
ushbu moddada sanab o‘tilgan ma’lumotlardan tashqari manfaatlarini ko‘zlab shikoyat
berilayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning manzili hamda
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborot ko‘rsatilishi kerak.
(65-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikda ma’muriy shikoyatga va unga ilova qilinadigan hujjatlarga doir boshqa
talablar ham nazarda tutilishi mumkin.
(65-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy organ ma’muriy shikoyatga va unga ilova qilinadigan hujjatlarga nisbatan
qonunchilikda nazarda tutilmagan talablar qo‘yishga haqli emas.
(65-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jismoniy shaxs og‘zaki shikoyat qilayotganda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik
shaxsning vakili esa o‘z vakolatlarini tasdiqlaydigan va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim
etishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Elektron shaklda beriladigan shikoyatlarda arizachining elektron manzili va yagona
identifikatori, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa elektron raqamli imzo va boshqa
rekvizitlar ko‘rsatilishi kerak.
(65-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Shikoyatda elektron manzilning ko‘rsatilganligi arizachining xabarnomalarni axborot tizimi
orqali elektron shaklda qabul qilishga bo‘lgan roziligidir.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə