1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Ma’muriy hujjatning asosliligi



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

54-modda. Ma’muriy hujjatning asosliligi
Ma’muriy hujjatning asoslantiruvchi qismida qabul qilingan ma’muriy hujjatning barcha
haqiqiy va yuridik asoslari keltirilishi kerak.
Ma’muriy hujjatni asoslantirish chog‘ida ma’muriy organ tekshirilmagan yoki ma’muriy ish
yuritish jarayonida ma’muriy ishga qo‘shib qo‘yilmagan yoxud ma’muriy ish yuritish
ishtirokchilariga tanishish imkoniyati berilmagan dalillarga tayanishga haqli emas. Agar
ma’muriy hujjatni qabul qilishda ma’muriy organga ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat)
berilgan bo‘lsa, ma’muriy hujjatning asoslantiruvchi qismida u yoki bu ma’muriy ixtiyoriylikka
(diskretsion vakolatga) yoxud undan voz kechishga sabab bo‘lgan barcha baholar, vajlar va
mulohazalar bayon etiladi. Bunda ma’muriy organ o‘zi qabul qilgan ma’muriy hujjatning
ma’muriy tartib-taomillar prinsiplariga muvofiqligini asoslab berishi kerak.
55-modda. Ma’muriy hujjatning kuchga kirishi
Ma’muriy hujjat adresat tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
Adresatni ma’muriy hujjat to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilish ushbu Qonunning 
33-
moddasida 
nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ma’muriy hujjatning manfaatdor shaxslarga
rasmiy e’lon qilinishi ham tegishli tarzda xabardor qilish deb topiladi.
Qonunchilikka muvofiq adresatga faqat tegishli hujjat berilishi kerak bo‘lgan hollarda
hujjatning adresatga berilishi ma’muriy hujjat to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilishga
tenglashtiriladi.
Agar ma’muriy hujjat qonunchilik talabiga muvofiq rasmiy e’lon qilinishi lozim bo‘lsa, u
rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
(55-moddaning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə