1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Ma’muriy shikoyatni ko‘rib chiqish



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

66-modda. Ma’muriy shikoyatni ko‘rib chiqish
Ma’muriy shikoyat ushbu Qonunning 
3-bobida 
nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha ko‘rib
chiqiladi.
Ma’muriy shikoyatni ko‘rib chiqish chog‘ida yuqori turuvchi ma’muriy organ ma’muriy ishni
to‘liq hajmda ko‘rib chiqadi.
67-modda. Ma’muriy shikoyatni ko‘rib chiqish muddati
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yuqori turuvchi ma’muriy
organ yoki boshqa vakolatli organ ma’muriy shikoyat bo‘yicha o‘ttiz ish kuni ichida qaror qabul


qilishi shart.
Ma’muriy shikoyat bo‘yicha belgilangan muddatda qaror qabul qilinmagan taqdirda,
manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat, protsessual hujjat yoki ma’muriy harakat ustidan sud
tartibida shikoyat qilishga haqli.
68-modda. Ma’muriy shikoyatni chaqirib olish
Ma’muriy shikoyat bergan shaxs shikoyat bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar uni
chaqirib olishga haqli. Ma’muriy shikoyatni chaqirib olish yozma yoki elektron shaklda
rasmiylashtiriladi.
69-modda. Ma’muriy shikoyat bo‘yicha qaror
Yuqori turuvchi ma’muriy organ yoki boshqa vakolatli organ ma’muriy shikoyat bo‘yicha
quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
shikoyat qilingan ma’muriy yoki protsessual hujjatni o‘zgarishsiz qoldirish;
shikoyat qilingan ma’muriy yoki protsessual hujjatga o‘zgartirishlar kiritish;
ma’muriy yoki protsessual hujjatni bekor qilish va zarurat bo‘lganda yangi hujjat qabul
qilish.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan qarorlarni qabul qilish mumkin
bo‘lmaganda yoki maqsadga muvofiq bo‘lmaganda, ma’muriy harakatlar ustidan shikoyat
qilinganda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, yuqori turuvchi ma’muriy
organ yoki boshqa vakolatli organ muayyan ma’muriy hujjatni, protsessual hujjatni qabul qilish
yoki muayyan ma’muriy harakatni amalga oshirish majburiyatini ma’muriy organning
zimmasiga yuklatishi mumkin.
(69-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Manfaatdor shaxs ma’muriy shikoyat bo‘yicha qabul qilingan qarorga rozi bo‘lmagan
taqdirda, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, uning ustidan o‘ttiz
kalendar kun ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə