1. Moliya vazirligining byudjet tizimini boshqarish bo‗yicha vakolatlari



Yüklə 15,05 Kb.
tarix01.06.2023
ölçüsü15,05 Kb.
#114950
1. Moliya vazirligining byudjet tizimini boshqarish bo yicha vak


19-variant
1. Moliya vazirligining byudjet tizimini boshqarish bo‗yicha vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:Davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi;
Davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi tartibini belgilaydi hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;respublika budjeti xarajatlarini amalga oshiradi;
budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
budjet mablag‘lari oluvchilarning Davlat budjeti mablag‘laridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78 moddasi 8 bandiga ko’ra Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatini birgalikda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish vakolatlari yuklangan.Davlat budjeti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari, shuningdek soliq va budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi; Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari, shuningdek soliq va budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalarini ko’rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi; budjetnoma loyihasini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi; budjetnomani O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi; davlat boshqaruvi organlarining Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi; Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari to’g’risidagi hisobotlarni har chorakda ko’rib chiqadi.
2. O’zbekiston Respublikasida byudjet jarayonini tashkil etish asoslari. Byudjet jarayonini tashkil qilishda ko’zga ko’rinarli natijalarga erishgan bo’lsada, shu bilan birga byudjet jarayonini tashkil qilishda ayrim muammolar ham mavjud. Mavjud muammolarni echimini topish, byudjet jarayonini tashkil qilishda
ishtirok etuvchi organlar faoliyatini yanada takomillashtirish, jumladan,
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining byudjet jarayoni ijrosida o’rnini
o’rgangan holda, Moliya vazirligi faoliyatini yanada samaradorligini ta’minlash
bugungi kunning dolzarb mavzusi hisoblanadi. Shu bois, byudjet jarayonini
tashkil etishda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining o’rnini va
ahamiyatini oshirish mavzuning dolzarbligini o’zida aks ettiradi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi byudjet jarayonini tashkil etish
va byudjet jarayonining to’rt bosqichida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Byudjet loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish)dan oldin O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi har yili O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga:
- tegishli byudjetlar va davlat maqsadli fondlarini tayyorlash uchun –
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Tashkent shahri
hokimliklari, davlat maqsadli fondlarini taqsimlovchi organlarga;
- byudjetdan ajratiladigan mablag’larni olishga buyurtmalar tuzish uchun
– respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilarga
byudjet so’rovi yuborishi kerak. O’z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Tashkent shahri hokimliklari, davlat maqsadli fondlarini taqsimlovchi organlar byudjet so’rovi olinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish (ishlab chiqish, yaratish), ushbu
loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan tegishli
qarorlar qabul qilmog’i zarur. Shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri moliya boshqarmalari yuqorida ko’rsatilgan qarorlar qabul qilinganidan so’ng uch kun muddat ichida bir necha ishlarni ko’rib chiqadi.

3. O'qituvchining umumiy yillik yuklamasi Metodik ta’minot va tashkiliy-pedagogik jarayon tadbirlari, shuningdek bunga sarflangan vaqt boʻyicha hisobotlar talab etilmaydi, hisobi yuritilmaydi. Shuningdek pedagoglarning dars va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa yuklamalar boʻyicha hisobotlar va qoʻshimcha ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.Maktab pedagoglari yuritishlari kerak boʻlgan hujjatlarning toʻliq roʻyхati belgilandi:
1) sinf jurnali;
2) yillik taqvim-mavzuiy reja.
3) kundalik dars ishlanmalari (konspekt) daftari.
Reja va konspekt elektron shaklda shakllantirilishi mumkin. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.
Xalq ta'limi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari tomonidan umumiy o‘rta ta'lim muassasalari pedagoglarining namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi tasdiqlandi.
Norma’ning yozishicha, maktab pedagogining ish rejasi uning yillik ish yuklamasidan iborat (43 hafta, haftalik 36 soat, kunlik 6 soat). Yillik yuklama 1 yoki 0,8 koeffitsiyentga (sinflarga bog‘liq holda) ko‘paytirilgan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi hajmidan kelib chiqib hisoblanadi. O‘quv-tarbiya soatlarini hisoblash uchun bir yil mobaynida dars mashg‘ulotlari olib boriladigan haftalar soniga ko‘paytirilgan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmi olinadi. Qolgan vaqtdan ikkinchi jarayon uchun foydalaniladi.

Yüklə 15,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə