Ilmu fan mehrin topishga muddaosan, fizikam,
Mo’jizot sehrin ochishga rahnamosan fizikam.
Sen bilan o’rgandi
inson yer va osmon sirlarin,
Yangi yangi kashfiyotdan ixtiro san fizikam.
Olimu fiziklaring qonun yaratdi o’rganib,
Tekshirib tatbiq etarga mahliyosan fizikam.
Har kuni har yerda qanday o’zgarishlar bor ko’rib,
So’zlasharmiz kuylasharmiz oshnosan fizikam.
2-dars Sana: 6-sinf
MAVZU: JAMIYAT RIVOJLANISHIDA FIZIKANING AHAMIYATI O’ZBEKISTONDA FIZIKA TARAQQIYOTI.
FIZIK KATTALIKLAR VA ULARNI O’LCHASH.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: - Jamiyat rivojlanishida fanning,
shu jumladan, fizika fani yutuqlarining ahamiyatini ko’rsatish; - O’zbekistonda fizika taraqqiyoti haqida ma'lumotlar berish. - o’quvchilarni fizik jismlar,
tushunchalar, hodisalar, fizik
kattaliklar bilan tanishtirish; - fizik kattaliklarni o’lchash va o’lchashda qo’llaniladigan asboblar bilan ishlashga o’rgatish;
Tarbiyaviy: O’zbekiston farzandi ekanligidan faxrlanish tuyg’usini uyg’otish.
Rivojlantiruvchi: Tanqidiy fikrlash qobiliyatini oshirish.
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.