1-mavzu : yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari mavzu o‘quv maqsadi : Ta’limiy


Ilk bolalik davrida bolalar shaxsining



Yüklə 2,16 Mb.
səhifə50/270
tarix31.12.2021
ölçüsü2,16 Mb.
#81704
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   270
YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING TADQIQOT SOHASI VA MUAMMOLARI

3.5.Ilk bolalik davrida bolalar shaxsining rivojlanishi

Bu davrdagi bolalarning xatti-harakatlari ularning xohish va hissiyotlari juda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Masalan, bolaning yig‘lashi hamda yig‘idan to‘xtashi juda tez o‘zgaradi. Ilk davrda bolada o‘z yaqinlariga: onasi, otasi, buvi-buvalari, tarbiyachisiga nisbatan muhabbat shakllanadi. Bola o‘z yaqinlaridan maqtov olishga harakat qiladi. Ota-onalar tomonidan bolaning xatti-harakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional baholari ularda o‘zlarining layoqat va imkoniyatlariga nisbatan ishonchini shakllantiradi. U o‘z ota-onasiga nihoyatda qattiq bog‘langan bo‘lib, intizomli va itoatkor bo‘ladi. Ana shu bog‘liqlik sababli bolaning asosiy ehtiyojlari qondiriladi, xavotirligi kamayadi. Onasi yonida bo‘lgan bolalar ko‘proq harakat qiladilar va atrof muhitni o‘rganishga intiladilar. Bu davrda bola o‘z ismini juda yaxshi o‘zlashtiradi. Bola doimo o‘z ismini himoya qiladi, uni boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan qiladigan muomala-munosabati uning o‘zini alohida shaxs sifatida anglashini boshlanishiga imkoniyat beradi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab uning o‘z «Men”ini anglay boshlashi birmuncha avvalroq yoki kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 Yoshli bola o‘zini, o‘z xohish va ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan manba deb biladi va bu uning Menga bering”, “Ko‘taring”, «Men ham boraman» kabi talablarida ko‘rinadi. Uch Yoshli bolalar o‘zlarini o‘zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, buning natijasida bolalarda o‘z-o‘zini baholash vujudga keladi. SHu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo‘lish ehtiyoji yuzaga keladi va bu ularning «.o‘zim qilaman” qabilidagi so‘zlarida namoyon bo‘ladi.


Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə