1-mavzu : yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari mavzu o‘quv maqsadi : Ta’limiy


Ilk Yoshdagi bolalarning etakchi faoliyat turi - predmetlarni o‘rganish, predmetlar bilan manipulyativ harakat hisoblanadi



Yüklə 2,16 Mb.
səhifə48/270
tarix31.12.2021
ölçüsü2,16 Mb.
#81704
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   270
YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING TADQIQOT SOHASI VA MUAMMOLARI

Ilk Yoshdagi bolalarning etakchi faoliyat turi - predmetlarni o‘rganish, predmetlar bilan manipulyativ harakat hisoblanadi. Go‘daklik davridagi bolalarga nisbatan, ilk bolalik davridagi bolalar atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan ko‘proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar, go‘dak bola qo‘liga ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2-3 Yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan o‘rganganidan so‘nggina, o‘z amaliy faoliyatida ishlata boshlaydi. Bolani dastlab, ayni shu predmetlarning qo‘llanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, u o‘z savoliga javob olish maqsadida ko‘pincha kattalarga Bu nima?» degan savol bilan murojaat qiladilar. 1-3 Yoshdagi bola shakllanishda psixik rivojlanishning o‘ta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim psixologlar (R.Zazzo) inson tug‘ilganidan to etuklik davrigacha bo‘lgan psixik rivojlanish asosining taxminan o‘rtalari, 3 Yoshga to‘g‘ri keladi, degan mulohazani bildiradilar. Bu Yoshdan boshlab, bolalar predmetlarni o‘rganish olamiga qadam qo‘yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala-munosabatda bo‘la oladi va sodda axloq qoidalariga amal qila boshlaydilar. Kattalar bilan bo‘ladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida ko‘proq ma’lumot oladi. Nutq - bu Yoshlarda nafaqat muloqot, balki bola tafakkurining rivojlanishi va o‘zini-o‘zi, Shuningdek, bilish jarayonlarini boshqarish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.




Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə