1-mavzu. Boshqarish to‘G‘risida tushuncha. Boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari. Avtomatik boshqarish sistemalariga misollar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə2/8
tarix20.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#128430
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu (ABN АТТ)

O‘quv fani o‘quv rejasida rejalashtirilgan umumkasbiy (elektrotexnikaning nazariy asoslari, elektr yuritma asoslari, EMT modellashtirish) fanlarini bilishga asoslanadi xamda ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirishda asos vazifasini o‘taydi.

O‘quv fani o‘quv rejasida rejalashtirilgan umumkasbiy (elektrotexnikaning nazariy asoslari, elektr yuritma asoslari, EMT modellashtirish) fanlarini bilishga asoslanadi xamda ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirishda asos vazifasini o‘taydi.

Ushbu o‘quv fani avtomatik boshqarish nazariyasi bo‘yicha ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

Xxi asr xalq xo‘jaligining barcha sohalariga kirib borib, o‘zining mustahkam o‘rnini egallagan avtomatika bu bir fan va texnikaning yo‘nalishi bo‘lib, o‘z ichiga avtomatik boshqarishning nazariyotini va amaliyotini hamda avtomatik tizimlarini tuzilishi qonuniyatlarini va u asoslagan texnik jihozlarni oladi. Avtomatika yuqori darajadagi aniqlikda texnologik jarayonlarni amalga oshirishni ta’minlash bilan bir qatorda mehnat unumdorligini sezilarli darajada oshiradi, ishchi-xizmatchi xodimlarning sonini kamaytiradi, jarayonlarni effektivligini ko‘taradi, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilaydi va eng muhimi, inson oyog‘i etishi qiyin bo‘lgan erlarda (atom ishlab chiqarishda, fazoda, va h.K) kerakli ish jarayonlarini amalga oshira oladi.

Mashina va agregatlar ishlab chiqarish jarayonlarning ish rejimlarini qator fizik kattaliklar bilan xarakteristikalanadi. Masalan, elektr generatorining ish rejimi kuchlanishi, tok va o‘zgaruvchan tokda chastota bilan dvigatelniki esa o‘z o‘qining aylanuvchi momenti orqali erishilayotgan aylanish tezligi va hokazolar bilan xarakteristikalanadi.

Agar texnik qurilmaning ish jarayonida uning rejimini aniqlovchi barcha kattaliklar o‘zgarishsiz qolsa, u holda qurilma mo‘‘tadil ishlaydi. Misol uchun, generatorning kuchlanishi aylanish tezligi o‘zgarmas bo‘lsa, atrof muhit xarorati ham bir xil bo‘lib, qo‘zg‘atish toki va yuklama qarshiliklarining o‘zgarmas qiymatlarida mo‘‘tadil bo‘ladi.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə