1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə33/70
tarix31.12.2021
ölçüsü450,02 Kb.
#81795
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70
Psixologiya fani MTT ma`ruza

Tayanch tushunchalar: Parishonxorirlik holati­da odamning ongi muayyan yo‘nalishga ega bo‘lmaydi, balki bir predmetdan boshqasiga ko‘chib turadi, ya’ni tarqoq bo‘ladi.

Parishonxotirlikni 2 xil ma’noda qo‘llash mumkin:

  1. Diqqat umumiy barqarorlikning natijasidir. Ixtiyoriy diq­qatning sustligi, noto‘g‘ri tarbiya (bolani erkalatib yuborish, jazolanmasdan qolishi va h.k.) shakli bo‘lishi mumkin. Bu kichik yoshdagi bolalarga xos bo‘lib nerv sistemasining zaiflashuvi yoki qattiq toliqish, qoniqib uxlamaslik va shu kabilar natijasidir. Katta yoshdagi kishilarda ham parishonxotirlikning bu xili yuz berishi mumkin. Qunt bilan ishlashga odatlanmagan odamda ham bu xildagi parishonxotirlik paydo bo‘ladi.

  2. Kishi diqqati biron narsa bilan band bo‘lib boshqa nar­sani sezmagan paytda sodir bo‘ladigan parishonxotirlik. Bu ko‘proq yozuvchilarda, olimlarda uchraydi. Masalan, yozuvchi o‘z fikriga astoydil berilganligi sababli atrofidagi narsalarni, hatto yonidagi odam unga murojaat qilayotganini ham sezmaydi. Ta’lim jarayonini puxta uyushtirish bolalar diqqati­ni shakllantirishning muhim shartidir. Diqqat ta’limning muvaffaqiyatli shartlaridan biri bo‘lgani uchun ham uni shakllantirish shu jarayonning o‘zida yuz beradi. Bolalar diqqatining jalb etilishi tarbiyachi nutqining xususiyatlariga, uning aniqligi, ifodaliligi, sur’ati, intonatsiyasi va boshqalarga bog‘liqdir. Ovozning me’yordagi baland-pastligi, mashg‘ulot davomida mazmunga qarab o‘zgarib turishi diqqatning bir narsaga qaratilishiga yordam beradi. Baland ovoz tinglovchilarni zo‘riqtirgani kabi o‘ta ohista nutq ham bolalarni toliqtiradi.

Diqqatni jalb etishda ko‘rgazmali va texnik vositalarni qo‘llash (rasmlar, tabiiy va mum nusxalar, jadvallar, texnika vositalari, slayd-shou va h.k.) katta ahamiyat kasb etadi. Bir xildagi ijodiy bo‘lmagan ish diqqatning to‘planishini susayti- radi, barqarorligini pasaytiradi. Mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etish, zarur shart-sharoitlar mavjudligi barqaror diqqatni saqlaydi, sinchkovlik va ziyraklik odatlarini hosil qiladi. Jonlijadal suratli mashg‘ulotlar diqqatni yaxshiroq safarbar etadi. Haddan ziyod tez sur’at chog‘ida, shoshish oqibatida «diqqat­ning noto‘g‘ri jalb etilishi» sodir bo‘ladi, sekin sur’atlar bolani chalg‘itadi. Bolalar diqqatini barqaror saqlashda tarbiyachining izchil va muntazam talabchanligi muhim rol o‘ynaydi.


Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə