1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə30/70
tarix31.12.2021
ölçüsü450,02 Kb.
#81795
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70
Psixologiya fani MTT ma`ruza

Nazorat savollari:

  1. Ta’limiy mashgulotning psixologik xususiyatini aytib be­ring.

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olishda aniq va barqaror qiziqish nimada namoyon bo‘ladi?

  3. Didaktik o‘yinlarning bola bilimlarni egallashidagi o‘rni nimada?

  4. Maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati xu­susiyatlari nimadan iborat?


19-mavzu: Diqqat.Oraliq nazorat

Reja:

1.Diqqat haqida umumiy tushuncha.

2.Diqqatning nerv- fiziologik asoslari.

3.Diqqat turlari: ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so`nggi diqqat. Tayanch tushunchalar:Diqqatning xususiyatlari: barqarorligi, ko`lami, ko`chirilishi, to’planishi (konsetratsiyasi) va taqsimlanishi. Diqqatning buzilishi, parishonxotirlik.



Maktabgacha yoshidan boshlab bolalarda ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi.

Biroq maktabgacha kichik yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarda kun sayin paydo bo‘ladigan yangi-yangi qiziqishlar, o‘yin faoliyatlarining xilma-xil bo‘la borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni as ta-sekin takomillashtirib boradi.

Maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan talab etiladigan tartiblarga bo‘ysunish, qoidali o‘yin shartlarini so‘zsiz bajarish, kattalarning topshiriqlarini chidam va qunt bilan ado etish kabi hollar maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqatning ixtiyoriy turini rivojlantiradi. Bolalarda ixtiyoriy diqqatni rivojlantirishda o‘yinning roli juda kattadir. Chunki, turli o‘yinlar payti­da bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bi­lan ma’lum maqsadlarni ilgari suradilar. O‘yinlarning qanday qoidalar asolida o‘ynalishini o‘zlari mustaqil ravishda tanlab oladilar. O‘yin qoidasidan chetga chiqib ketmaslik uchun o‘z harakatlarini o‘yin qoidalariga moslashtirishga va o‘yinda qatnashuvchi o‘rtoqlarining harakatlarini ham kuzatib borishga tirishadilar. Ana shunday o‘yinlarda ixtiyorsiz diqqat bilan bir ga ixtiyoriy diqqat ham aktiv ishtirok etadi.

Bolalarning o‘yin faoliyatlari ularda ixtiyoriy diqqatning rivojlana boshlashi uchun sharoit yaratib beradi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, ixtiyoriy diqqat iroda bilan bog‘liq, shuning uchun ham bolalar diqqatning bu turini o‘zlaricha mustaqil tashkil eta olmaydilar. Dastlabki paytlarda diqqatning ixtiyoriy turini har xil savollar va topshiriqlar berish yo‘li bilan rivojlantirib borish kerak.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqatning ayrim xususiyatlari, ya’ni diqqatning kuchi va barqarorligi ham tarkib topa boshlaydi. Buni biz bolalarning (xususan o‘rta va katta guruh bolalarining) bir ish ustida uzoq vaqt davomida o‘tira olishlaridan, ba’zi o‘yinlarni zerikmay soatlab o‘ynay olishlaridan, ta’limiy mashg‘ulotlarda chidam bilan o‘tira olishlaridan ko‘rishimiz mumkin.

Maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatining rivojlanishi faqat MTM dagi sharoitgagina emas, balki ko‘p jihatdan oiladagi sharoitga ham bog‘liqdir. Shuning uchun ham bolalarning diqqati bir tekisda va bir xil darajada rivojlanmaydi. Ayrim bolalar oilada tegishli nazorat ostida bo‘lmasligi yoki haddan tashqari erka qilib, tallaytirib yuborilganligi tufayli o‘zlarining xatti-harakatlarini, xulq-atvorlarini tartibga sololmaydilar. Bunday bolalar hamma narsalarga ruxsatsiz tegaveradigan, bir joyda tinib-tinchib o‘tirolmaydigan, tartibga chaqirilganda gapga quloq solmaydigan bo‘ladilar. Bunday bolalarda diqqat juda beqaror bo‘lgani uchun ular hech bir narsa ustida qunt bilan mashg‘ul bo‘la ol- maydilar. Diqqatni boshqara bilmaslik, ya’ni ma’lum muddat davomida bir narsaga yo‘naltira olmaslik, mashg‘ulotlarda intizom buzishga va boshqalarga xalaqit berishga olib keladi. Ana shuning uchun tarbiyachilar bunday bolalarga nisbatan indi­vidual munosabatda bo‘lishlari (har xil mas’uliyatli topshiriqlar berish va hokazo), ularda diqqatning kuchini hamda barqarorlik xususiyatini tarbiyalab borishlari zarur.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda avvalgi davrlarga nisbatan diqqatning ko‘lami (hajmi) ham ancha kengayadi. Bolalar diqqa­tining ko‘lami katta odamlarnikiga nisbatan hali ham juda tor bo‘ladi. Masalan, katta odamlar diqqatining ko‘lami ayni vaqt­da 5—6 narsani (bir-biri bilan ma’naviy bog‘lanmagan harflar- ni yoki raqamlarni) sig‘dira olsa, maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatining ko‘lami ayni bir vaqtda 1—2 narsanigina (kichik guruh bolalari 1 ta, o‘rta va katta guruh bolalari 2 ta) sig‘dira oladi. Kichik guruh bolalari diqqatlarini ikkita narsaga bo‘lishga harakat qilsalar ham, ammo buning uddasidan chiqa olmaydilar. Masalan, 3 yoshli bolaga bir piyola suv olib kelish buyurilsa, u albatta suvni to‘kib-sochib olib keladi, bu uning uquvsizligi, bo‘shangligi yoki anqovligidan emas, balki o‘z diqqatini ayni bir vaqtda ikkita narsaga bo‘la olmasligidandir. Bola o‘zining diqqatini yurib kelish bilan piyoladagi suvni to‘kmay, chayqaltirmay olib kelishga bo‘la olmaydi. Shuning uchun bunday hollarda bolalarni urishish mumkin emas.

Diqqat ko‘lamining kengligi aniq idrok qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatdir. Bu xususiyat ayniqsa bolalarning o‘qish faoliyatlari uchun zarur. Shuning uchun bolaning maktabgacha yoshidagi davrida barcha imkoniyatdardan keng foyda- lanib, diqqatning bu xususiyatini rivojlantirishga jiddiy ahamiyat berish lozim. Bunda, asosan ekskursiyalar, sahnalashtirilgan o‘yinlar, har sohaga doir rasmlar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar katta rol o‘ynaydi. Maktabdagi ta’lim jarayoni uchun zarur bo‘lgan ixtiyoriy diqqat maktabgacha ta’limda didaktik mashg‘ulotlar, hikoyalar o‘qib berish davomida rivojlantiriladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning diqqati ko‘pincha ular­ning qiziqish hamda hissiyotlari bilan bog‘liq bo‘lganligi sa­babli konsentrlashgan, ya’ni bir narsaga qaratilgan bo‘ladi. Ana shuning uchun bu yoshdagi bolalarda diqqatning bo‘linuvchanlik xususiyati deyarli rivojlanmagan bo‘ladi. Maktabgacha yosh­dagi bolalar diqqati bo‘linuvchanlik xususiyatining zaifligi va ko‘lamining torligi sababli ular ayrim narsalarni qayta-qayta idrok qilib, eslarida olib qolishga intiladilar. Masalan, maktab­gacha yoshdagi bolalar, odatda, bir hikoyani qayta-qayta eshi- taveradilar. Bu hodisaning sababi shundaki, bolalar diqqati­ning ko‘lami hikoyaning syujetini va personajlarini birdaniga sig‘dira olmaydi. Shuning uchun ular hikoya va ertaklarni qayta-qayta ayttirib eshitaveradilar.

Shunday qilib, bolaning maktabgacha yoshidagi davrida diqqat ancha tez rivojlanadi. Bu davrda asosan diqqatning ix­tiyorsiz turi ortiqroq rivojlanadi. Lekin bolaning maktabgacha yoshida faoliyatlarining va xususan didaktik hamda mehnat mashg‘ulotlarining izchil tarzda ortib borishi ularda ixtiyoriy diqqatning rivojlanilhiga olib keladi. Ma’lumki, maktabdagi ta’lim jarayoni ixtiyoriy diqqatsiz bir qadam ham siljiy olmay­di. Shuning uchun maktabgachada turli majburiy mashg‘ulotlar orqali bolalarda ixtiyoriy diqqat va diqqatning asosiy xususiyat­larini rivojlantirishga harakat qilish kerak. Diqqatning bundan keyingi taraqqiyoti maktabdagi ta’lim jarayonlarida amalga oshiriladi.

Nazorat savollari:



  1. Ilk yosh davridagi bolalarda diqqatning rivojlanishi haqi- da so‘zlab bering.

  2. Bog‘cha yoshidagi davrida ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatni rivojlantirish sharoitlari qanday?

  3. Diqqatning kuchi va barqarorligi kabi xususiyatlari ni- mada ko‘rinadi?

  4. Diqqatning ko‘lami va bo‘linuvchanlik xususiyatlari ni- mada ko‘rinadi?

  5. Bolalar diqqatini rivojlantirishda tarbiyachi nimalardan foydalanadi?



Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə