1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja


-mavzu: O’yin faoliyatining psixologik xususiyatlari



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə28/70
tarix31.12.2021
ölçüsü450,02 Kb.
#81795
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
Psixologiya fani MTT ma`ruza

17-mavzu: O’yin faoliyatining psixologik xususiyatlari

Reja:

1.O’yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati ekanligi.

2. Mazmunli-rolli o’yinlar va ularning o’ziga xos xususiyatlari.

3.O’yin davomida o’zaro munosabatlarning aks ettirilishi.



4.Bola psixik rivojlanishida o’yinchoqlarning ta’siri.

Tayanch tushunchalar:O’yinchoq turlari, va uning yosh guruhlari bo’yicha tanlanishi. Kompyuter o’yinlarining bola psixikasiga ta’siri.

O‘yin faoliyati bilan asosan bolalar shug‘ullanadilar. Lekin o‘yinni kattalar va bolalar hayotida ham ko‘rish mumkin. Hayvonlardagi o‘yin tug‘ma instinktiv harakatdir. O‘yin bola organizmining tabiiy ehtiyoji bo‘lib, bola o‘yin davomida psixik jihatdan rivojlanadi. «O‘yin bolalar mehnatidir», — deb be-jiz aytilmagan. Psixik jihatdan normal rivojlanayotgan bolalar­ning hammasi, albatta o‘yin faoliyati bilan shug‘ullanadi. O‘yin faoliyati bolalar uchun dunyoni bilish qurolidir. Shuning uchun bolalar o‘zlarining har kungi turli-tuman o‘yin faoliyatlarida tevarak-atrofidagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini bilibgina qolmay, balki kishilar o‘rtasidagi turli-tuman munosabatlarni ham o‘zlariga singdirib boradilar.

Odam yoshlik paytida o‘z tabiatiga ko‘ra, nihoyatda taqlidchan bo‘ladi. Agar biz bolalarning o‘yin faoliyatlariga diqqat bi­lan nazar solsak, o‘yin faoliyatining kattalar xatti-harakatlari va fe’l-atvorlariga taqlid qilishdan iborat ekanini ko‘ramiz. Qiz bo­la juda yoshlik chog‘idan boshlab onasining xatti-harakatlariga taqlid qilib, bola tarbiyalash ishi bilan, ya’ni qo‘g‘irchoq o‘ynash faoliyati bilan shug‘ullanadi. O‘g‘il bolalar bo‘lsa, erkaklarning xatti-harakatlari va fe’l-atvorfariga taqlid qilib turli o‘yinlarni o‘ynaydilar. Demak, odam ilk yoshlik chog‘idan boshlab o‘yin faoliyati orqali tevarak-atrofdagi odamlarning insoniy sifat va fazilatlarini (mehnatsevarlik, insonparvarlik, sofdillik, halollik, rostgo‘ylik, rahmdillik va bu sifatlarning aksi bo‘lmish ishyoqmaslik, yovuzlik, o‘g‘rilik, vijdonsizlik, berahmlik, yolg‘onchilik va hokazolarni) o‘zlariga singdirib boradilar. Keyinchalik bunday sifat va xususiyatlar kundalik hayotda mustahkamlanib odamning shaxsiy sifatlariga aylanib qoladi.

Subyektni o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan faoliyat ta’lim deyiladi. U bilim, ko‘nikma va malakalardan tashkil topadi. O‘yin faoliyatining maqsadi ma’lum bilimlarni, harakatlar va amallarni o‘zlashtirishdan iboratdir. Odamning o‘z maqsadi-ga ko‘ra, batamom o‘rganish va o‘zlashtirishdan iborat bo‘lgan mana shunday maxsus faoliyati ta’lim faoliyati deb ataladi.

Psixologik jihatdan olganda, ta’lim faoliyati o‘z ichiga quyidagi jarayonlarni oladi:

  1. ma’lum bir nazariy va amaliy faoliyat turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun obyektiv olamning eng muhim xususiyatlariga doir ma’lumotlarni o‘zlashtirish. Bu jarayon- ning mahsuli bilimlardir;

  2. mana shu faoliyat, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirishni yuzaga keltiradigan usul va operatsiyalarni egallash, bu jarayonning mahsuli malaka va uquvlardan iboratdir.

Shunday qilib, odamning ma’lum bilimlar, tushunchalar sistemasi ko‘nikmalar va malakalarni ongli maqsad bilan boshqaradigan barcha xatti-harakatlari ta’lim faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Mana shu yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, ta’lim maxsus va o‘ziga xos bo‘lgan insoniy faoliyatdir. Ta’lim faoliyatining tuzilishi murakkab bo‘lib tarkibi­ga bilimlar, tushunchalar, malakalar, odatlar, uquvlar kiradi.


Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə