1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja


Oliy nerv faoliyati va temperament tiplari



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə61/70
tarix31.12.2021
ölçüsü450,02 Kb.
#81795
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70
Psixologiya fani MTT ma`ruza

Oliy nerv faoliyati va temperament tiplari

I.P. Pavlov temperament xususiyatlarini belgilab beruvchi 3 ta oliy nerv tizimi xossalarini ajratgan:

  1. Kuch: nerv tizimining kuchli qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga bardoshi, shunga ko‘ra odamlardagi chidam kabi sifatlar va ularga teskari sifatlarning namoyon bo‘lishi.

  2. Muvozanatlashganlik: asabdagi tormozlanish va qo‘zg‘alishning o‘zaro mutanosibligi yoki o‘zini tuta bilishi, bosiqlik kabi sifatlarning namoyon bo‘lishi.

  3. Harakatchanlik, ya’ni qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonidagi o‘zaro almashinish jarayonining tezligi va harakatchanligi ma’nosida.

  1. P. Pavlov kuchsiz tipdagi vazminlik va harakatchanlikni hisobga olmagan chunki bu xususiyatlar kamdan kam hollar- da namoyon bo‘ladi.

Oliy nerv faoliyatining individual xususiyatlari tadqiqotlarda qarab chiqilgan biron-bir xususiyati bilan emas, balki doimo ularning majmui bilan belgilanadi. Ko‘p sonli laboratoriya tajribalari ko‘rsatadiki, shunday birikmalar orasida ayrimlari boshqalarga qaraganda ko‘proq uchraydi yoki ancha yaqqol ko‘rinadi. Natijada Pavlov oliy nerv faoliyatining asosiy tiplarini yaratdi. Nerv jarayonlarining kuchiga bog‘liq holda itlar kuchli va kuchsizlarga bo‘linadi.


Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə