1-mavzu: tabiiy fanlar konsepsiyasi reja


Tabiatshunoslikning fizikaviy konsepsiyasi. Nisbiylik nazariyasi



Yüklə 35,26 Kb.
səhifə6/8
tarix22.03.2023
ölçüsü35,26 Kb.
#102918
1   2   3   4   5   6   7   8
1-MAVZU TABIIY FANLAR KONSEPSIYASI

Tabiatshunoslikning fizikaviy konsepsiyasi. Nisbiylik nazariyasi. Tabiiy fanlarning hozirgi fan va texnika inqilobi davrida shiddat bilan har tomonlama rivojlanayotganini fizika fani orqali bilish mumkin. “Fizika” so’zi grek tilidan olingan bo’lib, “Tabiat” degan ma’noni anglatadi. Bu so’zini birinchi marta Aristotel ishlatgan, uning tabiat haqidagi birinchi kitobi ham “Fizika” deb nomlangan. Fizika haqiqatdan ham tabiat haqidagi fan. U Koinotni, undagi o’zgarishlar va jismlarning o’zaro munosabatini o’rganadi.
Koinotdagi katta jismlar zaminida moddiy zarrachalar yotganidek, qator tabiiy fanlar (kimyo va biologiya) asosida ham fizik hodisalar yotadi. Fizika tabiatning makro va mikrodunyo deb ataluvchi barcha moddalari hamda har xil fizikaviy maydonlar harakatini o’rganadi. Fizikada moddiy narsalarga mega dunyodagi jismlar: sayyoralar, yulduzlar, galaktikalar, ularning elektromagnit va fizika maydonlari, elektron, proton kabi zarralar ham kiradi. Bular materiyaning turli xil ko’rinishlari bo’lib, aslida odamlarga bog’liq bo’lmaydi. Bu fan materiyadagi turli harakatlar odamlar uchun foydalimi yoki zararlimi shuni o’rgatadi.
Fizika fanining rivojlanishi haqida fikr yuritar ekansiz, Eynshteynning quyidagi so’zlarini keltirish mumkin. “Fizika” tushunchasi inson aqlining erkin holdagi ijodidir, u tashqi dunyo bilan bir xilda emas. Klassik fizika Nyutonning klassik mexanikasidan keyin tezlik bilan rivojlandi yoki nazariy mexanika ham deb atalaboshladi. Mexanikaning o’zi uch O’rta asrlar fizikasi Klassik fizika 43 qismdan iborat: statika, kinematika va dinamika. Klassik mexanikaning asosi dinamikadir.
Nyuton o’zining uchta qonunini aksioma shaklida kashf etgan. Birinchisi inerxiya qonuni bo’lib, quyidagicha ifodalanadi: biror jismga tashqi kuch ta’sir etmayotgan bo’lsa-yu, harakatda bo’lsa, bu harakat bir xil tezlik bilan to’g’ri chiziqli bo’ladi yoki harakatsiz holatda bo’ladi. Ikkinchisi jismga kuch ta’sir etayotgan bo’lsa, harakat tezlanishli bo’ladi va tezlanish yo’nalishi kuch tomon bo’ladi. Uchinchisi-ta’sir aks ta’sirni keltirib chiqaradi-ki, ularningmiqdorlari teng va yo’nalishlari bir-biriga teskaridir.Nyutonning ikkinchi aksiomasi dinamikaning asosiy qonuni deb ham ataladi. Bu qonun fizikaga “Dinamika” tushunchasini olib kirdi, ya’ni ta’sir etayotgan kuch jism massasining tezlanishiga olib keladi. Tezlanishni yo’lning vaqtga nisbatan ikkinchi hosilasi deb, so’ngra ikki marta integrallansa va kuch yo’q deb tasavvur qilinsa, energiyaning saqlanish qonuni va kinetik momentning saqlanish qonunini keltirib chiqaradi.
Klassik mexanikani rivojlantirishga Nyutondan keyin XVII asrda Lagranj, Eyler, Laplas, Dalamber, Puasson, Puanso, Gauss va boshqalar katta hissa qo’shdilar. Nyutonning butun olam tortishishi qonuni quyidagicha: hamma jismlar bir-birini o’zlarining modum massalari ko’paytmasligi to’g’ri proporsional va orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporhional bo’lgan kuch bilan tortadi.
Koinotdagi barcha jism yoki materiya butun olam tortishish qonuniga bo’ysunadi, jism ushbu qonunga bo’ysunmasa, u boshqa qonunlarga bo’ysunadi. Tabiatdagi optik va elektromagnit hodisalarni mexanika qonunlari yordamida o’rganib bo’lmaydi. Optik hodisalarni kuzatgan Nyuton yorug’likni moddiy zarrachalardan tuzilgan yoki korpuskulyar deb izohlagan. Yorug’lik zarrachalar yoki fotonlardan iborat ekanligini foto effekt hodisa tasdiqlaydi.
Klassik fizikaning rivojlanishi natijasida keyingi kashf qilingan zarralar soni hozir 200 dan oshib ketdi, shuningdek, deyarli barcha elementlarda zarralarga qarshi antizarralar ham mavjudligi isbotlandi. Zarra va antizarralar o’rtasida umumiylik mavjud bo’lib, ularning massalarida bir xil zaryad belgilarining farqlari ham bir xil. Masalan, elektron va pozitron, neytron va antineytron. Koinotda fazo va vaqt ob’ektiv ravishda mavjud. Ular inson ongiga bog’liq emas. Odamlar ularni sezadimi, ko’radimi-yo’qmi, bundan qat’iy nazar, ular ob’ektiv fazo va vaqt borliq bo’lib hisoblanadi. Vaqt uzilmasdan o’tmishdan kelajakka o’tib boradi.

Yüklə 35,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə