1-Mavzu: Tarbiya fanini o’qitish metodikasi fanining asosiy maqsad va vazifalari



Yüklə 276,6 Kb.
səhifə7/26
tarix16.05.2023
ölçüsü276,6 Kb.
#110683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
1 Mavzu Tarbiya fanini o’qitish metodikasi fanining asosiy maqs

Aqliy tarbiya. Aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushuncha va faktlardan foydalanishning o‘zi yetarli emas, buning uchun fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, umumlashtirish, tizimlashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi jarayonlarni ham faol qo‘llash lozim bo‘ladi. Aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish o‘quvchilarga mustaqil bilim olishda eng muhim element bo‘lib hisoblanadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini nazorat qilish malakasining hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda didaktikani jamlab olish xususiyati, xotirani mustahkamlash, fikrlash operatsiyalarini ratsional o‘tkazish kabi malakalarni o‘stiradi. Aqliy tarbiyasi yetuk, o‘tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik —bu donolik. Donolik — bu insonning eng buyuk va oliyjanob fazilatidir. Donolik noyob ne’matdirki, u har kimga ham nasib tavermaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xalq donoligida „Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo‘lmas“, deyiladi.

Ekologik tarbiya. Ekologiya so‘zi „tom“ yoki „uy“ degan ma’noni anglatib, nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan birinchi bor fanga kiritilgan. Ekologiya fani hozirgi bozor munosabatlari davrida ko‘pgina tarmoqlarga ega: o‘simliklar ekologiyasi, zooekologiya, tuproq ekologiyasi, inson ekologiyasi va boshqalar. Ekologiya fani tanlab olingan bir yoki bir necha obyektning yashash sharoiti me’yorlarini o‘rganadi va yashashning umumiy darajasini aniqlashga yordam beradi. Bu yo‘nalishdagi ishlar bizga ekologik bilimlarni yetkazadi, ammo bu bilan insoniyat cheklanib qolmaydi. Davr talabiga ko‘ra, yana boshqa yo‘- nalishda ham ish olib borish talab etilmoqda. U ham bo‘lsa ekologik tarbiya masalasidir.


Ekologik tarbiya, albatta, ekologik bilim asosida shakllanadi, lekin u o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Ekologik tarbiya insonda tabiatga nisbatan to‘g‘ri, oqilona munosabatni shakllantirish masalasi ustida ish olib boradi va o‘z oldiga o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishdek maqsadni qo‘yadi. Ekologik tarbiyaning mazmuniga ekologik onglilik, ekologik his-tuyg‘ular (tabiatga, insonlarga, hayotga nisbatan munosabatlar) kiradi. Demak, ekologik tarbiya inson hayotida, jamiyatda, vatanda muhim ahamiyat kasb etadi. Ekologik tarbiyaning shakllanishiga ekologik bilimlarni egallash bilan bir qatorda ekologik munosabatlarni ham shakllantirib borish zarur. Ekologik munosabatlarga quyidagi kabi komponentlarni kiritish mumkin:
1. Hayotga munosabat.
2. Yaxlitlik hissini tarbiyalash.
3. Javobgarlik hissini tarbiyalash.
4. Tabiat go‘zalliklarini his etish.

Yüklə 276,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə