1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Sharq allomalari merosida inson falsafasi masalalari



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə19/78
tarix30.12.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#164717
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78
1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja

4. Sharq allomalari merosida inson falsafasi masalalari. Sharq-musulmon falsafasi doirasida inson muammosiga ikki xil yondashuvni ko‘rish mumkin. Ulardan biri ko‘proq taqdir haqidagi islom aqidasiga suyanadi. Inson taqdiri oldindan belgilab qo‘yilgan, shu sababli insonning qo‘lidan keladigan birdan-bir ish - bu o‘zini ana shu taqdirda belgilab qo‘yilganidek tutish. Biroq, Forobiy, Beruni, Ibn Sino, Alisher Navoi, Mirza Bedil, XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi ma'rifatparvarlar - Axmad Donish, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Sattorxon Abdulg‘afforrov va boshqalar inson haqidagi gumanistik, ma'rifatparvar va demokratik konsepsiyaning shakllanishiga katta hissa qo‘ydilar. Ularning ijodlari uchun insonga, uning kuchiga, aqliga, irodasiga ishonch xosdir, ular ommani ma'rifatli va bilimli bo‘lishiga da'vat etdilar.
Yer yuzidagi barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqishda asosiy o’rinda turuvchi insonni o’rganishda IX-XVIII asrlarda yashagan Sharq olimlari, ayniqsa, O’rta Osiyo mutafakkirlari va shoirlarining qo’shgan hissalari tahsinga sazovor. Biz bu o’rnida Xorazmiy, Forobiy, Firdavsiy, Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xusrav, Umar Xayyom, Yusuf Xos Hojib, Ahmad YAssaviy, Hofiz SHeroziy, Bedil, Ulug’bek, Alisher Navsiy kabi olim va shoirlarning ijodiga bir nazar tashlasak, yuqoridagi fikrimiz nechog’lik to’g’ri ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Bunga istagancha dalil keltirish mumkin.
Bu an’ananing beshigi boshida turganlardan biri Abu Nasr Forobiy bo’lib, uning ijtimoiy-falsafiy qarashlarining markazida insonning baxt-saodatga erishishi haqidagi g’oya turadi. Forobiy o’z aholisini baxt-saodatga etaklovchi, butun faoliyat va vazifalarining ana shu maqsadga yo’naltiruvchi shaharni eng yaxshi, fazilatli deb ataydi. Haqiqiy baxtta erishish uchun zarur bo’lgan ishlarda o’zaro yordamni maqsad qilib olgan kishilar birlashmasi mavjud bo’lgan shahar - fazilatli, ideal shahardir; baxtta erishish uchun kishilar bir-birlariga yordam beruvchi jamoa fazilatli, ideal jamoadir.
Baxtga erishish uchun barcha shaharlarda o’zaro yordam beruvchi xalq - fazilatli, etuk xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-birlariga yor­dam bersalar, butun er yuzi fazilatli, etuk bo’ladi, deb ko’rsatadi Forobiy.
Forobiy insonlarni o’zaro hamkorlikka chaqiradi, dunyoda yagona bir butun inson jamoasiii tuzish haqida orzu qiladi.
Forobiyning fikricha, inson o’z-o’zidan baxtli bo’la olmaydi, bu narsa uniig harakatlariga, mehnatiga, kasb-hunarlarni egallashiga, bilimiga bog’liq.
Kamolotga bir kishining yolg’iz o’zi, ko’pchilikning yordamisiz erisha olmaydi. Har bir insonning tug’ma tabiatida o’zidan boshqa kishilar bilan doimiy ravishda munosabatda bo’lish, o’zaro aloqa qilish hissiyoti bor. U kamolotga erishuvda boshqalarning ko’maklashuviga va ular bilan birlashishga muhtojdir. Mana shu o’zaro ko’maklashuv jarayonida yaxshi, go’zal insoniy fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan inson jamoalari vujudga keladi. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda odamlarning bir-biriga yashash va etuklikka erishish uchun zarur bo’lgan narsalarni etkazib beradi. Farobiyning bunday qarashlarini uning “Fozillar shahri aholisining fikrlari” asarida uchratamiz.
“Shohnoma” nomli nodir asari bilan nomi jahonga mashhur bo’lgan Abulqosim Firdavsiy insonni butun mavjudotning eng barkamoli, taraqqiyot cho’qqisi, barcha narsalarning ijodkori deb biladi.
Insondan yaxshilik, nur va ravshanlik,
Insonsiz dunyoda yo’q farovonlik12.
Firdavsiyning fikricha, avval chor unsur - olov, suv, havo, er yaratilgan, so’ng o’simliklar, hayvonlar va oxiri eng oliy zot - inson yaralgan. Firdavsiy o’zining “Aql vasfida bir necha so’z” nomli asarida inson o’zining aql-idroki va tafakkuri, ongi bilan, boshqa mavjudotlardan ajralib turishini alohida uqtiradi. U aqlni haqiqatning o’lchovi deb biladi. Aqlning qudrati, xosiyati, ahamiyati haqida so’z yuritadi. Yazdon yaratgan eng oliy narsalar orasida aыldan a’losi, go’zali yo’qdir. Shohlar shohining tojidir ul... O’chmas va yagona haqiqat, de ani. U qalbdan g’amni va qo’rquvni haydaydigandir. U, ikki dunyoda sening ikki qo’lingdan ushlab, qo’ltiqlab yuradigandir. Sening baxting ham, g’aming ham undadir, sening foydang ham, ehtiyojing ham undadir. ...Kim o’ziga yo’l ko’rsatkich qilib uni olmasa, u odam o’zining harakatlari bilan o’z qalbini parchalaydi; bunday odamni aqlli odam nodon deb ataydi... Ikki dunyoda sen u bilan qimmatlisan. Kim aqlni sindirsa, u azob chekishda bo’ladi. Aql ruhning ko’zidir:
Jahondor yaratgan oliy zot inson,
Senga ma’lum barcha oshkoru nihon.

Hamisha aqlingni rahnamo etgil,


Noloyiq ishlardan olisroq ketgil.

Yo’l izla donolar suxani tomon,


Dono so’zin takror etib, kez jahon.

Har nechuk ilmdan eshitsang bir so’z,


Uni tinmay o’rgan kechayu kunduz.

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,


SHunda bilursankim, ilm bepoyon13.
O’rta Osiyo va umuman SHarqning iftixori va ulug’ olimlaridan sanalgan Abu Rayhon Beruniy dunyoda insonning tutgan o’rni, istiqboli masalasiga katta e’tibor bilan qaraydi. Ongli hayotiy faoliyat odamni hayvonning ongsiz hayotiy faoliyatidan farqlantiradigan muhim jihatlardan biri ekanligi uning “Mineralo­giya” asarida keng bayon etilgan. Odamda tafakkur qudrati bo’lmaganda edi, deb ta’kidlaydi Beruniy, uning ahvoli hayvonlar holatidan ham tubanroq bo’lgan bo’lardi, chunki odam kuch jihatidan hayvonlardan zaif, kuchli tabiiy himoya vositalaridan mahrumdir.
Beruniyning qayd qilishicha, insondagi maqtovga sazovor xislat olijanoblik, mardlik, muruvvat, nafsni tiya bilish, pokizalik, yoqimli kiyinishdir. Mutafakkir rostgo’ylikni hamma narsdan ustun qo’yadi, bilib-bilmay noto’g’ri habar tarqatuvchilarni, atayin yolg’on so’zlovchilarni qoralaydi. “Shunday kishilar ham bo’ladi- ki, - deydi bu haqda u o’zining “Hindiston” nomli asarida, - ularning tabiatiga yolg’on habar tarqatish o’rnashib qolgan, go’yo unga shu vazifa yuklangandek bo’ladi va yolg’on habar tarqatmasdan tinchiyolmaydi. Bu yomon xohishlardan va tabiatga buzuq fikrlarning joylashganidan kelib chiqadi... Yolg’onchilikdan chetlanib, rostgo’ylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolg’onchining o’zi ham sevib maqtaydi... Demak, yolg’onchilik kishini adolatdan yuz o’girtiradi; zulm, yolg’on guvohlik, omonatga xiyonat qilish, boshqalar mulklarini xiyla bilan bosib olish, o’g’irlik, dunyo va xalqni buzilishiga sabab bo’ladigan boshqa yomon xulqlarni kishiga yaxshi qilib ko’rsatadi”14.
Buyuk alloma o’zinbng “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida urf-odatlarni yaxshi va yomonga ajratadi. To’g’rilik, odillik, o’zini saqlash, insof, kamtarlik, lutf, sobitqadamlik, ehtiyotkorlik, saxiylik, muloyimlik, bilimdonlik, tadbirkorlik singarilarni u yaxshi xislatlar jumlasiga kiritadi. Bir-birining payiga tushish, ko’rolmaslik, xusumat, birovlarning baxtsizligi hisobidan bo’lsada yuksak marralarga ega bo’lish uchun harakat qilishni, faqat o’zini o’ylash, boshqalar bilan ishi bo’lmaslikni esa eng yomon odatlar sifatida ko’rsatadi.
Insonning sog’lom, baxtiyor hayot kechirishi, umrni uzaytirish, odamning tabiat bilan uzviy aloqadorligi, bolalar tarbiyasi singari eng muhim masalalar Abu Ali ibn Sino ta’limotida keng o’rin tutadi. Allomaning ko’rsatishicha, inson olam rivojlanishining toji bo’lib, u shon-sharaf va hurmatga to’la loyiqdir. U ta­biat yaratgan noz-ne’matlardan tashqari oziq-ovqat, kiyim bosh, uy-joyga muhtojlik sezadi, bularni esa kasb-hunar o’rganish, mehnat qilish asosida yaratadi.
Ibn Sino tib olimi sifatida inson salomatligini saqlashda sof havoning, mijozga qarab ovqat tanovul qilishning, ichiladigan suvning, badan tarbiyaniig, har bir giyohning ahamiyati haqida ham juda qimmatli fiklarni bayon etdi.
Eng oliy mavjudot bo’lgan insonni madh etish, uning kelajagi haqida qayg’urish Sharqning zabardast faylasuf olimi Umar Hayyom ijodida markaziy o’rin egallaydi. U o’zining ruboiylaridan birida insonni olamning bezagi, gultoji deb yuksak baholaydi:
Dunyoning tilagi, samari ham biz,
Aql ko’zin qorasi - javhari ham biz.
To’garak jahonni uzuk deb bilsak,
Shaksiz, uning ko’zi - gavhari ham biz15.
Inson o’zining tafakkur quvvati, dahosi, mehnati bilan tabiat va jamiyatni o’z ehtiyojlari yo’lida o’zgartiradi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ta’biri bi­lan aytganda, dunyoda insondan ulug’roq kamolot yo’q, chunki unga “bebaho marvarid” - aql -zakovat kuchi hadya etilganki, unda “sir -asrorlarni va yuksak cho’qqilarni bilish qobiliyati” bo’lib, uning ko’magida inson “ulug’ zafarlarni bajo keltiradi. Alisher Navoiy ham insonni chin qalbi, vujud-vujudi bilan sevadi, uning haq-huquqlarini astoydil himoya qiladi, baxt-saodati uchun kurashadi. Navoiy sevib ardoqlagan inson yaramas xislat va illatlardan xoli bo’lgan fozil va komil insondir. U mehnatkash, ijodkor, o’z kasb-korini mukammal egallagan, mehnati va zakovati, faoliyati va bilimi bilan o’ziga ham, o’zgalarga ham manfaat etkazuvchi insondir. Navoiy boshqalarning ham ana shunday inson bo’lishini istaydi.
Alisher Navoiy jamiyatning asosiy moddiy boyliklarini yaratuvchi dehqonlar, hunarmandlar va chorvadorlarni maqtaydi, ularning jamiyat hayotidagi roliga katta baho beradi. Umrining oxirlarida yozgan “Mahbu- ul-qulub” (“Ko’ngillarning sevgani”) asarida dehqonlarga barcha insonga ham, jonivorlarga ham oziq-ovqat, rizq-ro’z etishtirib beruvchidir deb baho beradi.
Alisher Navoiy inson har tomonlama etuk va barkamol bo’lishi zarurligi haqidagi g’oyani o’z salaflariga nisbatan ancha rivojlantirib va boyitib, bu haqda barcha asarlarida o’znining fikr-mulohazalarini bildiradi. Uning “Farhod va SHirin” dostonidagi Farhod obrazi bunga misol bo’ladi. Farhodda har, tomonlama barkamol insonga xos sifatlar mujassamlashgandir. U - etuk musavvir, mohir usta, chuqur bilimdon, dono mutafakkir, ayni vaqtda dovyurak jangchi insondir. Ilm-fan va madaniyatining unga begona bo’lgan biror sohasi topilmaydi. Unda donishmandlik va insoniylik uzviy ravishda birlashib ketgan, insonga xos hech bir narsa unga begona emas.
Alisher Navoiy Farhodning mehnat va ijodda erishgan muvaffaqiyatlarining omili uning ilmi, aqli va irodasida, deb hisoblaydi. Uning aql-idrokiga baho berib Navoiy shunday deydi:
Dedi: har ishki qilmish odamizod,
Tafakkur birla bilmish odamizod.
Ulum ichra manga to bo’ldi madhal,
Topilmas mushkule men qilmagan hal16.
Alisher Navoiy insonning qadr-qimmati uiing mol-mulki, zeb- ziynati, mansabi, ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning ma’naviy qiyofasi, axloqiy sifatlari, undan elga qanchalik naf tegishi bilan belgilanadi, deydi. Bu haqda uning quyidagi so’zlari tahsinga sazovordir: “Kishilarning so’z bilan naf etkazish qo’lidan kelmasa, loaqal ko’nglidagi andeshasi yaxshi bo’lishi kerak. Ko’ngli odamlarning xursandligidan xursand bo’lishi lozim; ularning ko’ngli noxush bo’lsa, tashvishiga sherik bo’lishi kerak. Kimning xalq g’amidan g’ami bo’lmasa, haqiqiy odam bo’lsang, uni odam dema. Birov senga yaxshiliq qilmoqchi bo’lsa, so’z bilan senga jon bag’ishlamoqchi bo’lsa-yu, lekin gap bilan buni ifodalay olmasa, yaxshilikni tilga olganining o’zi kishi ta’biga osoyish bag’ishlaydi”17.
Sharqning buyuk daholaridan biri Mirzo Abdulqodir Bedil iisonni juda yuksaklarga ko’taradi, o’zining ko’pchilik asarlarida uni “hazrati inson” deb ataydi. Uning nazmida bayon etilgan quyidagi mulohazalari insonni borliqning, olamning toji, o’z baxtini o’zi yaratadigan zot, deb bilganligidan darak beradi.
To’rt dahraro sen nuri oftob,
Etti bahr ichra gavhari noyob.
Har narsagaki etibdi aqling,
Undan afzalsan buni yaxshi bil.
Dunyo mevasin shirinkorisan,
Hammasidan ham hosildorisan.
Qay tarafgakim uchdi xayoling.
Sen etsang parvoz, etar majoling.
Diling himmatidan hayot guliston,
Qo’ling qudratidan hammayoq bo’ston18.
Bedil insonni erga uradigan xislatlarini qattiq qoralaydi, ish qilmasdan mukofot istash uyatsizlikdir, deb, odamlarni yaxshilardan ibrat olishga da’vat etadi. “Agar yaxshilardan begona bo’lmayman, ajralmayman, desang, yomon so’zlovchilar, g’iybatchilar bilan oshnolik qilma, o’zingni to’g’ri ko’rmoqchi bo’lsang, oynaning orqasiga boqma”19, deydi Bedil.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə