1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə44/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

Import qilishlar


  • Har bir import, odatda, alohida satrda bo`lishi kerak.

To`g`ri yozilishi:

import os
import sys

Xato yosilishi:



import sys, os

Shu bilan birga, quyidagicha yozishga ruxsat etiladi:



from subprocess import Popen, PIPE



  • Import qilishlar har doim faylning boshlanishida, modulga izohlar va hujjatlashtirish satrlaridan keyin hamda o`zgarmaslarni e`lon qilishdan oldinda joylashtiriladi.

Import qilishlar quyidagi tartibda guruhlanishi kerak:

  1. Standart kutubxonadan import qilishlar.

  2. Chetki kutubxonalardan import qilishlar.

  3. Joriy loyiha modullarini import qilish.

Har bir import qilishlar guruhlari orasida bo`sh satr qoldiring.
Import qilishlardan keyin __all__ spetsifikatsiyasini ko`rsating.
Absolyut import qilish tavsiya etiladi, chunki, odatda bu holatda uni o`qish oson hamda import qilinayotgan tizim xato sozlanganda nisbatan tushunarli bo`lgan xatoliklar haqidagi xabarlarni beradi (masalan, paket ichidagi katalog sys.path da yakunlanib qolganda):

import mypkg.sibling
from mypkg import sibling
from mypkg.sibling import example

Lekin shunga qaramasdan, absolyut importning o`rniga nisbiy importdan ham foydalanish mumkin. Ayniqsa, absolyut importdan foydalanish haddan tashqari maydalashish bo`lishi mumkin bo`lgan murakkab paketlar bilan ish olib borilayotganda:



from . import sibling
from .sibling import example

Standart kutubxonalarda paketlarning murakkab strukturalaridan qutulishga harakat qilish va har doim absolyut importdan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi.


Nomuayyan importlardan hech qachon foydalanmaslik kerak va bu imkoniyat Python3 da olib tashlandi.



Siz moduldan klassni import qilayotganingizda quyidagicha yozishingiz mumkin:

Agar bunday yozish nomlar orasida kelishmovchilikka olib kelsa, u holda quyidagicha yozing:



import myclass
import foo.bar.yourclass

“myclass.MyClass” va “foo.bar.yourclass.YourClass” lardan foydalaning.



  • Import shablonlaridan (from import * kabi) imkon qadar foydalanmaslik kerak, chunki, ular nomlar maydonida qanday nomlar mavjudligi haqida nafaqat dasturni o`qiyotgan kishilarda balki ko`plab avtomatlashtirilgan tiizmlarda ham noaniqliklarga olib keladi. Ushbu import shablonidan foydalanishning yakkayu-yagona to`g`ri qo`llanilishi bor bo`lib, bu ham bo`lsa, ichki unterfeysning umumiy API qismi sifatida e`lon qilinishidan iboratdir (masalan aksellerator modulida qilingan ishlarni sof Python tiliga qayta yozishda, chunki bunda aynan qaysi funksiyalarni qayta yozilishi aniq bo`lmaydi).

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə