1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə43/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

Bo`sh satrlar


Yuqori darajali funksiyalar va klasslarning tavsifini ikkita bo`sh qatorlar bilan ajrating.
Klass ichidagi metodlarning tavsiflari bitta bo`sh satr bilan ajratiladi.
Qo`shimcha bo`sh satrlardan bir-biriga o`xshash funksiyalar guruhlarini ajratish uchun qo`llash mumkin. Bo`sh qatorlar bir nechta o`zaro bog`liq bir satrliklar (masalan, fiktiv realizatsiyalar uchun) orasida qo`yilmasligi ham mumkin.
Funksiyalarda mantiqiy bo`limlarni ko`rsatish uchun bo`sh satrlardan foydalaning.
Python control+L kombinatsiyasini oddiy bo`sh joy (whitespace) sifatida qabul qiladi va siz undan ham foydalanishingiz mumkin, chunki, ko`pchilik muharrirlar uni sahifa bo`linishi sifatida qabul qiladi va shuning oqibatida fayldagi mantiqiy bo`laklar turli qismlarda joylashadi. Lekin shuni ham yodda tuting-ki, hamma muharrilar ham control+L ni qo`llamaydi va uning o`rnida boshqa belgini chiqarishi mumkin.

Boshlang`ich faylning kodirovkasi


Python kodirovkasi UTF-8 bo`lishi kerak.(Python2 da ASCII).
ASCII (Python2) hamda UTF-8 (Python3) dagi fayllar kodirovkasini e`lon qilinishiga ega bo`lmasligi kerak.
Standart kutubxonadagi nostandart kodirovkalar faqatgina sinab ko`rish maqsadida yoki izoh yoki hujjatlashtirish satrlari ASCII belgisi bo`lmagan biror simvoldan muallig nomini ko`rsatish maqsadida foydalanishni taqozo qilgandagina foydalanish mumkin; boshqa barcha holatlarda satrga ASCII bo`lmagan belgilarni kiritish uchun \x, \u, \U yoki \N lardan foydalanish eng ma`qul usul hisoblanadi.
Python 3.0 versiyasidan boshlab standart kutubxona uchun quyidagi kelishuv amal qiladi: har bir identifikator faqat ASCII simvollardan iborat bo`lishi hamda mumkinbo`lgan barcha holatlarda ingliz tilidagi so`zlardan iborat bo`lishi (ko`p hollarda qisqartirishlar va ingliz tilida bo`lmagan texnik terminlarda) kerak. Bundan tashqari satrlar va izohlar ham faqatgina ASCII belgilardan iborat bo`lishi lozim. Bu qoidaga faqatgina (a) test case dasturlarning ASCII bo`lmagan xususiyatlarini testlash hamda (b) mualliflarning ismlari uchungina rioya qilmaslikka ruxsat beriladi. Ismlari lotin alifbosi bo`lmagan alifbosida yoziladigan mualliflar o`z ismlarini lotin alifbosiga transliteratsiya qilishlari kerak.
Keng ommaga mo`ljallangan ochiq kodli loyihalarga ham ushbu ko`rsatmalarga rioya qilish tavsiya etiladi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə