1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish


Ko`rsatmalar: nomlash bo`yicha kelishuv



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə49/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

Ko`rsatmalar: nomlash bo`yicha kelishuv

Qo`llash kerak bo`lmagan nomlar


Hech qachon quyidagi: l (kichik lotin “el” harfi), O(Bosh lotin “o” harfi) yoki I (Bosh lotin “i” harfi) lardan bir harfli nomlar sifatida foydalanmang.
Ba`zi shriftlarda bu harflar nol va bir raqamlaridan farq qilmaydi. Agar juda ham l (el) harfi kerak bo`lib qolsa, uning o`rniga katta L harfini ishlating.

Modullar va paketlarning nomlari


Modullar kichik harflardan iborat qisqa nomlarga ega bo`lishlari kerak. Agar bu o`qishni va tushunishni osonlashtirsa, tagchiziqlardan ham foydalanish mumkin. Xuddi shu tavsiyalar paketlarga ham taalluqli bo`lib, faqat paketlarning nomlarida tagchiziq ishlatilmaydi.
Modullarning nomlari fayl nomi ko`rinishida tasvirlanishi hamda ba`zi bir tizimlar nomlarning registrlariga ta`sirchan emasligi va ba`zi tizimlar esa uzun nomlarni qirqib tashlashini inobatga oladigan bo`lsak, modullarning ancha qisqa nomlaridan foydalanish kerak bo`ladi. Bunday muammo Unix tizimlarda uchramasada, lekin, eski Windows, Mac yoki DOS tizimlari uchun katta maummoga aylanishi mumkin.C yoki C++ tilida yozilgan modul python uchun yozilgan yo`ldosh moduliga ega bo`lsa, C/C++ moduli tagchiziqdan boshlanadi, masalan, _socket kabi.

Klasslar nomlari


Klasslarning nomlariodatda CapsWords kelishuviga amal qilingan holda qo`yiladi.
Lekin interfeys asosan funksiya kabi hujjatlashtirilgan va qo`llanayotgan bo`lsa, u holda, funksiyalarni nomlash kelishuviga ham amal qilinishi mumkin bo`ladi.
Tarkibiy nomlar to`g`risidagi alohida kelishuvning ham mavjudligiga e`tiboringizni qaratmoqchimiz: tarkibiy nomlarning ko`pchiligi bir so`zdan (yoki qo`shib yozilgan ikkita so`zdan) iborat. CapsWords kelishuvi esa faqatgina noodatiy holatlar va tarkibiy o`zgarmaslarni nomlashga qo`llaniladi.

Noodatiy holatlar nomlari


Noodatiy holatlar klass ekanligi sababli ularni nomlashda klasslarni nomlash uslubi qo`llailadi. Lekin siz nomning oxirida Error qo`shimchasini ham qo`hsishingiz mumkin(albatta, bu noodatiy holat xatolik bo`lsa).

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə