1. Tarbiyasi qiyin o'smirlar psixologik xususiyatlarini amaliy o'rganish “Tarbiyasi og’ir” o’quvchini tushunish



Yüklə 31,14 Kb.
səhifə4/5
tarix11.05.2023
ölçüsü31,14 Kb.
#109627
1   2   3   4   5
1. Tarbiyasi qiyin o\'smirlar psixologik xususiyatlarini amaliy o

Tarbiya amallari
Bizning izlanishlarimiz va kuzatishlarimiz tarbiya amallarini maqsad va yoʻnalishidan kelib chiqqan holda ularni quyidagi uch guruhga ajratishimiz.
Birinchi guruhga tarbiyachining tarbiyalanuvchiga murojaat etishi orqali uning shaxsiy ehtiyojlarini aniqlash yordamida tashkil etiladigan amallar.
Bu amallar toifasiga yordam koʻrsatishga ehtiyojni aniqlash kiradi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchiga maslahat maʼnosida murojaat qilib, oʻz muammolari haqida soʻzlab berishini soʻraydi va shu asnoda muammoning yechish yoʻllarini topadi.
Yaxshi xatti-harakatlarga yoʻnalish berish amalidan tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarga yordam zarur boʻlganda koʻmak beradilar. Bunda ijobiy xatti-harakatlarga alohida urgʻu beriladi.
Hayot istiqbolini belgilashga koʻmaklashish amali Pedagog suhbat jarayonida tarbiyalanuvchining hayot rejalariga aniqlik kiritadi. Shundan soʻngra tarbiyalanuvchining rejalarini amalga oshirishiga koʻmak beriladi.
Oʻzi va boshqalar haqida soʻzlab berish amali. Tarbiyalanuvchiga oʻtgan kunlari haqida hikoya yozish tavsiya etiladi. Shundan soʻngra ularga boshqacha yashash mumkinligi haqida suhbatlashiladi.
Mening idealim. Suhbat jarayonida tarbiyalanuvchilarning ideali aniqlanadi va uning ijobiy axloqiy sifatlari ajratilib baholanadi.
Tarbiyalanuvchilar uchun ertak. Bu ertakterapiya gʻoyalarini bajarish uchun foydalaniladi. Tarbiyachilar qahramonlar tarbiyalanuvchilarga va ularning atrofdagilariga oʻxshagan kishilar ishtiroki toʻgʻrisida ertak tuzadilar. Ertak oxirida pedagog va oʻquvchilar oʻzaro mulohaza yuritadilar.
Ikkinchi guruhga guruhiy faoliyatni tashkil etishga asoslangan tarbiya amallarini kiritish mumkin.
Ushbu toifa tarbiya amallaridan biri fikrlar estafetasi boʻlib, oʻquvchilar berilgan mavzu boʻyicha zanjirsimon tarzda biridan keyin ikkinchisi soʻzlaydi, bir-birini toʻlgʻazadi, aniqlik kiritiladi.

Yüklə 31,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə