10 mavzu: stressni bartaraf etish bo’yicha o’yin va rollli o’yinlarni o’tkazish


Stress  (ing. Stress- taranglik)



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix22.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#112031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
10 mavzu stressni bartaraf etish bo’yicha o’yin va rollli o’yin

Stress 
(ing. Stress- taranglik) 
bu – psixik reaktsiya bo’lib, ya’ni boshqa 
sharoitga o’rganishni, o’tishni bildiradi. Hayotdagi o’zgarishlar, tez olib 
boriladigan ishlar odam organizmida reaktsiya keltirib chiqaradi. Stress 
organizmning total mobilizatsiyasi hisoblanadi, ya’ni o’ta og’ir, murakkab 
vaziyatdan chiqish yoki qiyin sharoitga moslashish. Stressorlar (qo’zg’atuvchilar) 
vegetativ o’zgarishlar – qon-tomirning urishi tezlashuvi, qonda qand miqdorining 
oshishi, qon bosimining ko’tarilishi va h.k. vujudga keltirib, organizmni intensiv 
harakatlarga tayyorlaydi. 
Stressni o’rganishga yondashuvlarni ikkita katta guruhga ajratish mumkin. 
Birinchi guruh mutaxassislari gomeostaz konseptsiyasiga nazariy tayanib, ko’proq 
klinik tajribadan kelib chiqadi. Olimlar stressni organizmning ichki holati deb 
ta’riflaydilar. Ushbu guruhga G. Sel’eni ishlarini kiritish lozim (bu – xos bo’lgan 
sindrom shaklida namoyon bo’luvchi holat bo’lib, u mazkur biologik tizim 
ichidagi barcha xos bo’lmagan o’zgarishlarning yig’indisini ifodalaydi, 1966). 
Psixologiya faniga stress tushunchasini olib kirgan olim kanadalik fiziolog 
G. Sel’e (1936) sanaladi. U stressni tadqiq qilishda moslashuv alomati 
(adaptatsion sindrom- yunoncha syndrome belgi, alomat, ko’rinish moslashuvi 
demakdir) masalasiga, uning faoliyatga ijobiy hamda salbiy ta’sir etishiga alohida 
ahamiyat bergan. Shuningdek, ekstremal (latincha extremus favquloddagi holat, 
eng oxirgi vaziyat ma’nosini anglatadi) vaziyatlardagi, murakkab jarayonlardagi 


stressning o’ziga xosligi, faoliyatni qayta tashkil qilishgacha olib borishi, shunga 
o’xshash sharoitlarda shaxs xulqini bashorat etish (prognoz yunoncha prognosis 
bashorat ma’nosini anglatadi) imkoniyatlari 
G. Sel’e tomonidan o’rganilgan. 
Shuningdek, quyidagi olimlarni ham bu guruhga kiritamiz: U.Kennon (bu – 
qo’rquvni psixologik va fiziologik jihatdan keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan 
nimadir, 1958), M.Bajovich, M. Korxin, M. Grinder (bu – shunday holatki, unda 
organizmning asosiy ehtiyojlari qondirilishiga va gomeostazning saqlanishiga 
xavf soladi, 1955), doktor Koffer, E. Eppli (bu – organizmning shunday holati 
bo’lib, u o’zining sog’lig’i yoki individualligiga xavf solinayotganini his qiladi va 
u butun energiyani himoya uchun sarf qilishi kerak bo’ladi, 1964), A. V. Suvorov 
(bu – organizmning funktsional holati bo’lib, uning psixik funktsiyalari, asab 
jarayonlari yoki periferiya a’zolari faoliyatiga tashqi salbiy ta’sir natijasida paydo 
bo’ladi, 1975). 
Ikkinchi guruhga mansub mutaxassislar stressni shart- sharoit, faoliyat 
jarayonidagi hodisa sifatida tushunadilar. Ularning ko’pchiligi o’z bixeviorizmiga 
tayanadilar. Masalan, bu guruhga quyidagi olimlarni kiritish mumkin: Y. Gil’gard 
(bu – shart-sharoitlar bo’lib, ular organizmni katta zo’riqish holatiga olib keladi 
hamda gomeostaz mexanizmlarining me’yorida ishlashini buzadi, 1971), A.V 
Suvorov (bu – xavotirlikni keltirib chiqaruvchi istalgan vaziyatdir, 1950), M. 
Arnol’d ( bu – normal funktsionallashuvni qiyinlashtiruvchi faoliyat, istalgan 
shart-sharoitdir, 1967), R. Grinker, G. Shpingel (bu – noodatiy shart-sharoit yoki 
hayot talabidir, 1945), O. Mikshik (bu – psixik yuk bo’lib, bunda qandaydir 
xalaqit beruvchi shart-sharoit organizmga maqsadga yo’naltirilgan faoliyatni 
bajarish davrida ta’sir ko’rsatadi, 1969). 
«Stress» terminini istaganlaricha qo’llaydilar, shu bois adabiyotlarda 
ko’pincha chalkash va bir-biriga zid izohlar, talqinlar uchraydi. Stress bu 
shunchaki asabiy zo’riqish emas (hatto asabiy zo’riqish – stress bo’lsa ham). Sel’e 
ushbu faktni alohida qayd etish lozim, deb hisoblaydi. Ko’pincha, mutaxassislar 
va ba’zi olimlar biologik stressni o’ta asabiy zo’riqish yoki kuchli hissiy zo’riqish 
deb ta’riflashga moyil bo’ladilar. Biologik stressning psixologik va patopsixologik 
jihatlarini tadqiq qiluvchi mashhur tadqiqotchilardan biri, amerikalik olim 
M.Meysonning fikricha, hayotiy vaziyatda xavfli yoki yoqimsiz omillar paydo 
bo’lganida yuzaga keluvchi hissiy qo’zg’alish uchun mas’uliyatli bo’lgan 
fiziologik apparatning faollashuvi barcha stressorlar uchun umumiydir. Ammo 
stressli vaziyatlar umuman asab tizimiga ega bo’lmagan eng sodda hayvonlar va 
hattoki o’simliklarga ham xosdir (M. Tigranyan, 1988 ). 
Yana shuni ham ta’kidlash joizki, stress bu atrof - muhitning uzoq vaqt ta`siri 
bo’lib, individ uchun hissiy organizmning boshqariluvchi tizimida va markaziy 


nerv sistemasida unga mos reaksiyalarni vujudga keltiradi. Atrof- muhitning stress 
ta`sirlari har xil bo’lib, qo’zg’ovchining ko’pligi ta`sirida bo’lishi mumkin 
(shovqin, shoshilinch, ishni bajarish muddatining qisqaligi insonlar orasidagi 
munosabatlarning yaxshi emasligi, yuqori talabchanlik) yoki qo’zg’atuvchilarning 
yetishmasligi 
oqibatida 
(bir 
xillik, 
talabning 
yengilligi, 
aloqalarning 
yetishmasligi), nizolar ko’rinishida (qaror qabul qilish bilan bog’liq jarayonlarning 
buzilishi, aqliy va hissiy jarayonlarning o’zaro ta`sirida buzilish, irodaning 
kuchsizligi, ehtiyojlar va ularning qondirilishi orasida muvofiqlikning yo’qligi, 
shubxalanish) yoki vaqtinchalik boshqaruvning buzilishi sifatida (samolyotda sayr 
qilish natijasida vaqtni ajrata olmaslik, hayotda va ishda qat`iy kun tartibining 
yo’qligi, hayotning tartibsizligi, ishni muddatida topshira olmaslik). 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə