11 Mavzu Zamonaviy menejer Reja



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə3/9
tarix08.04.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#104688
1   2   3   4   5   6   7   8   9
11 mavzu

Mazmuniga ko`ra: iqtisodiy; huquqiy; ijtimoiy; texnikaviy; tashkiliy.

  • Kelish manbai va foydalanish joyiga ko`ra: ichki axborot; tashqi axborot.

  • Kimga mo`ljallanganligiga ko`ra: korxona uchun; bo`lim uchun; tsex uchun; uchastka uchun.

  • Barqarorlik xarakteriga ko`ra: oddiy axborot; shartli-doimiy axborot; o`zgarib turuvchi axborot.

  • Foydalanish uchun tayyorligiga ko`ra: dastlabki; oraliq; yakuniy axborot. Davriyligiga ko`ra: smenali; sutkali; kvartalli va hokazo.

  • Boshqaruv jarayonidagi vazifasiga ko`ra: direktiv; hisobot ko`rinishidagi; hisobga olish bo`yicha; nazorat qilish bo`yicha axborot.

  • Voqealarning kelib chiqishini aks ettirish vaqtiga ko`ra: tarixiy; joriy; perspektiv axborotlar.

  • Mo`ljallanganligiga ko`ra: bir maqsadli; ko`p maqsadli axborotlar.

  • Mustahkamlash va saqlash imkoniyatiga ko`ra: og’zaki; yozma; ovozli; tasvirli axborotlar.

  • Muhimligiga ko`ra: o`ta muhim; muhim bo`lmagan axborotlar.

  • To`liqligiga qarab: to`liq, kompleks axborotlar; to`liq bo`lmagan axborotlar;

  • Xarakteriga qarab: individual; funktsional; universal axborotlar.

  • Ishonchliligiga qarab: Ishonchli axborotlar. ehtimolli axborotlar.

    Ishlab chiqarish doimo rivojlanishda bo`lganligi sababli axborot turlari, soni va ko`lami ham ko`payib boraveradi. Shu bois yuqorida keltirilgan turkumlashni to`liq deb bo`lmaydi.
    Barcha boshqarish vazifalarini kompleks hal etish uchun axborotlar har bir boshqarish ob’yektining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olib aniq turkumlanadi.
    2.Axborotlar tizimi.
    Axborot tizimlari ikki xil bo`lishi mumkin. Bular oddiy va murakkab tizim.
    Oddiy tizim. Axborot paydo bo`lgan joydan iste`mol joyiga keltiriladi. Bunday axborot telefon orqali yoki signallar vositasida kelib tushishi mumkin. Bu turdagi axborot tizimi quyi boshqaruv bosqichiga to`g’ri keladi. Ish joyidan ustaga berilgan axborot bunga misol bo`la oladi. Bunday axborotga deyarli ishlov berilmaydi.
    Murakkab tizim. Bu tizim ishlab chiqarish va boshqaruv tarkibining murakkabligi bilan bog’liq. Bu erda dastlabki axborot yuzaga keladi. Ishlov berishda hisoblash texnikasidan keng foydalaniladi.
    Murakkab axborot tizimining har xil darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish turlari quyidagilardan iborat:

    • Axborotlarni to`la o`zlashtirish davri.

    Bunda axborot oddiy mexanizmlaridan foydalanilgan holda butunlay qayta ishlanadi.

    • Aralash axborot tizimi.

    Bunda axborotni mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan qurilmalar yordamida o`zgartirishlarga erishiladi. Bu tizim avtomatlashgan nazoratni ta`minlaydi, ba`zan korxonaning ishlab chiqarish faoliyati ustidan oddiy boshqaruv jarayonini amalga oshiradi.

    • Axborot-ma`lumot tizimi,

    Bunda ko`z bilan bajariladigan nazorat uchun ba`zi bir ma`lumotlarni berish bilan cheklanadi.

    • Kuzatuv axborot tizimi.

    Bu tizim avtomatlashgan nazorat va boshqaruvni ta`minlaydi. Keyingi ikala tizim asosan texnologik jarayonlar to`g’risidagi axborotlarni qayta ishlash uchun qo`llaniladi.

    Yüklə 0,79 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə