11 Mavzu Zamonaviy menejer Reja


Samarali quloq solishning 10 qoidasi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə7/9
tarix08.04.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#104688
1   2   3   4   5   6   7   8   9
11 mavzu

Samarali quloq solishning 10 qoidasi:

  1. So`zlashdan to`xtang. Gapira turib quloq solish mumkin emas. Har bir kishiga shivirlab, ammo, «hech kimga ovoza qilma» degan naql bor.

  2. So`zlovchiga o`zini erkin tutishiga yordamlashing. Gapiruvchi kishiga o`zini erkin tutishi uchun sharoit yarating. Ko`pincha buni hal qiluvchi muhitni yaratuvchi deb atashadi.

  3. O`zingizni so`zlovchiga quloq solayotganingizni ko`rsating. O`zingizni manfaatdor ekanligingizni ko`rsating va shunga mos ravishda harakat qiling. So`zlashuv jarayonida gazeta, jurnal o`qimang. eshitaturib unga rad qilish bahonalarini izlamasdan, uni tushunishga harakat qiling.

  4. G’ashga tegadigan holatlarni bartaraf qiling. Rasm chizmang, stolga urmang, qog’ozlarni bir joydan ikkinchi joyga qo`zg’atavermang, ehtimol eshik yopib qo`yilsa, xonada sokinlik bo`ladi.

  5. Bardoshli bo`ling. Vaqtni ayamang. So`zlaguvchini bo`lmang. CHiqishga zo`r bermang, eshik tomon qadam bosmang.

  6. So`zlovchiga hamdard bo`ling. O`zingizni so`zlovchining o`rniga qo`yib ko`ring.

  7. Xarakteringizni saqlay biling. G’azablangan kishi suhbat mazmuniga noaniqlik kiritish payida bo`ladi.

  8. Bahsga va tanqidga yo`l qo`ymang. Bunday hol so`zlovchini himoyaga o`tishga majbur qiladi. U jim bo`lib qolishi yoki jahli chiqishi mumkin. Aynan bahsda g’olib chiqib, bu bilan yutqazgan bo`lasiz.

  9. Savollar bering. Bu so`zlovchini ilhomlantiradi, u sizning uni quloq solayotganingizga yana bir bor iqror bo`ladi. Bu oldinga jilishga yordam beradi.

  10. So`zlashdan to`xtang. Birinchi maslohat ham shundan boshlangan. Oxiri ham shu bilan tugaydi. Zero, qayd qilinganlarning barchasi shunga bog’liq. Siz gapirishdan to`xtamas ekansiz, demak, samarali quloq solishni ham bilmaysiz.

Quloq solishni istamaydiganlar asosli qarorlar qabul qilish uchun yetarli axborotni olishga muvaffaq bo`lmaydilar.
Siz qanchalik ko’p boshqalarni tinglasangiz, shunchalik tez dono kishiga aylanasiz. Hamsuhbat sifatida odamlar sizni yaxshi ko’rishadi. Eshitishni biladigan odam atrofiga gapirishni biladigan ko’proq odam to’plashi mumkin.
Chunki yaxshi eshituvchi suhbatdosh uchun eng yoqimli bo’lgan o’z-o’zini tinglash imkonini beradi.
Hayotda ajoyib eshituvchi bo’lishdan ko’ra boshqa narsa sizga ko’proq foyda keltirmaydi. Yaxshi eshituvchi bo’lish oson vazifa emas.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə