Bajardi: Mamasoliyeva O



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix15.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#117389
Publitsistik uslub va uning xususiyatlari 1



Guruh: I-108 
Bajardi: Mamasoliyeva O. 
Qabul qildi: Mirzakarimova Z. 
TAQDIMOT 
ANGREN UNIVERSITETI 
Fan: O’zbek tilining sohada qo’llanilishi. 



Reja: 

1. Publitsistik uslub va uning xususiyatlari

2. Publitsistik uslubning morfologik Belgilari 
3. Publitsistik uslubning Sintaktik jihatlari 

Xulosa 

Foydalanilgan adabiyotlar


Publitsistika (lot publika xalq,omma) 
davrning eng muhim dolzarb 
masalalarini tinglovchilarga gazeta-
jurnal, radio, televideniye orqali sodir 
bo’layotgan voqealarni yetkazib berish 
uchun xizmat qiladi. Bu uslubning eng 
muhim xususiyati- nutqning jamiyatga 
qaratilganligi
.



Ommaviy axborot 
vositalarida (gazeta-jurnal, 
radio, televideniye), Oliy 
Majlis yig’inlarida, turli xil 
anjumanlarda 
qo’llaniladigan nutq uslubi 
publitsistik uslub sanaladi.


Yozma
Bosh 
maqolalar, 
Chaqiriqlar, 
Deklaratsiya, 
Felyeton 
Og’zaki 
Radio 
televideniyeda 
chiqayotgan 
siyosiy 
sharhlovchilar, 
notiqlarning 
nutqlari 



Gazeta tili”, “Gazeta janrlari uslubiyati” maxsus kurslari dasturi hamda “Jurnalistik 
ijod nazariyasi va amaliyoti (janrlar)” kursi dasturida gazeta janrlari va ularning 
tasnifi keltirilgan. Ularda o`zbek tilshunosligida “gazeta janrlari”ning belgilab 
berilganligini, janrlar tasnifidagi ba’zi turli xilliklarga qaramasdan, bu sohaga bir 
muncha aniqliklar kiritilganligini alohida ta’kidlash lozim 

.Qurbonov tadqiqotlarida publisistik uslub janrlari ajratib ko`rsatilgan26. U 
publisistik uslubning quyidagi janrlarini qayd etgan: xabar, reportaj, korrespon-
densiya, maqola, siyosiy maqola, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy xarakterdagi maqola, 
ocherk, felyeton, pamflet, lavha, partiya va hukumatning direktiva va qarorlari, 
axborot, turli sharhlar, taqriz, ijtimoiy-siyosiy esse, ochiq xat, xalqaro xabar, 
chaqiriq27. 

S.Muhamedov gazeta publisistikasi tarmog`i – gazeta publisistikasi janri sifatida 
quyidagilarni ko`rsatgan: reportaj, hisobot, intervyu, korrespondensiya, maqola, 
sharh, obzor, taqriz, matbuot obzori, ocherk, felyeton, pamflet, lavha28. 

O`zbek badiiy publisistikasining xususiyatlari to`g`risida qator tadqiqotlar 
yaratgan O.Tog`ayev xat, ocherk, felyetonni badiiy publisistika janrlari sifatida 
baholagan edi. U o`z tasnifida badiiy publisistik janrlar (xat, ocherk, felyeton) 
bilan birga ijtimoiy-analitik yoki informatsion-analitik (korres-pondensiya, 
maqola, reportaj) publisistika janrlarini ajratib ko`rsatadi. Olimning janrlarni 
alohida belgilariga qarab guruhlarga bo`lishi, ayniqsa, e’tiborga molikdir 



Publisistik uslubga amal qilinadigan manbalar orasida, ayniqsa, matbuot, 
ya’ni gazeta va jurnallarning alohida o`rni bor. O`zbek tilshunosligida 
gazeta tilini tadqiq etish bo`yicha qator tadqiqotlar yaratilgan. 
A.Abdusaidovning «Jurnalist-ning tildan foydalanish mahorati» nomli 
monografiyasida gazeta tilini o`rganishga doir adabiyotlar obzori 
keltirilgan17. Unda ko`rsatilishicha, o`zbek tilshunosligida gazeta 
leksikasi, vaqtli matbuotda baynalmilal so`z va terminlar qo`llash, 
«Mushtum» jurnali leksikasi va frazeologiyasining semantik-stilistik 
xususiyatlari, gazeta nutqi, gazeta sarlavhalari, gazeta materiallari 
asosida leksik dubletlar, leksik va sintaktik variantlar, gazeta tili 
statistikasi, gazeta tilining publisistik uslubdagi o`rni, janrlari, gazeta tili 
gram-matikasi, «Turkiston viloyatining gazeti»ning ayrim sintaktik 
xususiyatlari, XX asrning birinchi yarmi vaqtli matbuoti materiallaridan 
olingan boy faktlar asosida qadimgi turkiy so`zlar, o`zlashgan leksik 
qatlam, polisemiya, kalka masalasi, gazeta tili va adabiy me’yor 
masalalari o`rganilgan muhim tadqiqotlar mavjud. 

A.Boboyeva “gazeta janrlari” mavjudligini tan olgan holda, axborot 
janrini ajratib ko`rsatadi. Shuningdek, olimaning felyeton va ocherkka 
nisbatan ishlatgan terminlari ham (“ijtimoiy-publisistik”, “badiiy-
publisistik”) diqqatni tortadi31. 

Keyingi paytlarda o`zbek tilshunosligida “gazeta tili”, “gazeta uslubi”, 
“gazeta janrlari” tushunchalari tobora mustahkam o`rin egallamoqda. 
I.Toshaliyev “gazeta janrlarining tasniflanishi va guruhlanishi”ni 
quyidagicha belgilaydi: “Axborot(informasion) janrlari. Tahliliy (analitik) 
janrlar. Tasviriy (badiiy-publisistik) janrlar”. U xabar, hisobot, suhbat, 
reportaj, lavha (axborot (informat-sion) janrlar), korrespondensiya, 
maqola, publisistika, xat, xalqaro obzor, matbuot obzori, taqriz (tahliliy 
(analitik) janrlar), ocherk, felyeton, pamflet (badiiy-publisistik janrlar) 
kabilarni o`z tasnifida qayd etgan 



G`.G`afurov “publisistik janrlari” va “jurnalistik janrlar” terminlarining 
ma’nodosh ekanligini qayd etib, janrlarni quyidagicha tasnif qiladi: “1) 
Axborot janrlari: xabar, suhbat, intervyu, hisobot, reportaj. 2) Axborot-
tahliliy janrlar: korrespondensiya, maqola, taqriz, sharh, kuzatish, xat, 
matbuot sharhi. 3) Badiiy-publisistik janrlar: ocherk, felyeton, satirik 
janrlar, esse, lavha 

Voqelik faktlarini mantiqiy va obrazli umumlashtirib ifodalovchi maqola 
va boshqa yirik asarlargina emas, balki matbuot janrlarining hammasi 
ham P.ga kiradi. P. Mavzu xususiyatlari jihatidan falsafiy-siyosiy, 
iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy, adabiy, tanqidiy; uslub jihatidan bahs-
munozarali, tashviqot-targʻibot, tanqidiy-tahliliy, hajviy koʻrinishlarga 
ega. P. Janr jihatidan voqeiy-informatsion (xabar, reportaj, hisobot), 
tahliliy (maqola), badiiy-publitsistik (ocherk, felyeton, pamflet, yozuvchi 
maqolasi) turlarga boʻlinadi. P. Hayot faktlarini chuqur taxlil va tadqiq 
etish, yaʼni ij-timoiypublitsistik tadqiqot orqali voqelikni kashf etadi. 

Shu jihatdan u ijtimoiy fanga yaqinlashadi. P. Il-miy-nazariy 
xususiyatlarga ega boʻlishi, u yoki bu fan masalalarini publitsistik 
maqola tarzida talqin va tashviq etishi mumkin. P.ning shakli, ichki 
tuzilishi mantiqiy tafakkur va obrazlilikning oʻzaro birikuvidan iborat. P. 
Janrida obraz oʻziga xos meʼyorda qoʻllanadi. Publitsist shaxsiyati shoir 
shaxsiyati singari oʻzining boy ichki dunyosi, nuqtai nazari bilan 
namoyon boʻladi. 

Oʻrta Osiyo xalklari tarixida P. Ancha qadimiydir. P. Xususiyatlari 
“Qobusnoma” (P-asr)da yaqqol koʻzga tashlanadi. Navoiyning “Majolis 
un-nafois”, “Munshaot”, “Mahbub ul-qulub” asarlarida P.ning tugal 
xususiyatlari uchraydi. 



90-yillardan soʻng oʻzbek milliy jurnalistikasida ham oʻziga xos oʻzgarishlar 
kuzatildi. Anʼanaviy sharhlash jurnalistikasi oʻrniga yangiliklar jurnalistikasi paydo 
boʻldi. Natijada publitsistik janrlar axborot janrlariga koʻproq oʻrin bera boshladi. 
P. Keyingi yillarda yuqori bosqichga koʻtarildi. Ozod Sharofiddinov, Oʻtkir 
Hoshimov, Ibrohim Gʻafurov, Naim Karimov, Xurshid Doʻstmuhammad, Erkin 
Aʼzam, Sultonmurod Olim va boshqa oʻzlarining dolzarb publitsistik maqolalari 
bilan oʻzbek P.siga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar. 

P.ning yozma va ogʻzaki shakllaridan tashqari grafik-tasvir (plakat, karikatura va 
boshqalar), fotokinematografik (hujjatli kino), teatr-dramatik (agitbrigada va 
boshqalar) shakllari ham bor. 

Navoiyning Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad, Sayid Hasan Ardasher va 
boshqa xaqidagi adabiy portretlarini publitsistik ocherklar, deb atash mumkin. 
Navoiy nasriy asarlarini chuqur tadqiq etish uni oʻzbek badiiy P.sining asoschisi, 
deb atashga imkon beradi. Publitsistik xususiyat oʻzbek mumtoz adabiyoti asarlari 
tarkibiga ham singib ketgan. Oʻzbekistonda ijtimoiy hayotga doir dastlabki 
publitsistik maqolalar “Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida chop etilgan. 
Biroq milliy uygʻonish (jadidchilik harakati)ning kuchayishi natijasida yuzaga 
kelgan milliy mat-buot oʻsha davrdagi jamiyatning kamchilik va illatlarini 
ochiqoshkora bayon etgan, hatto xalqaro hayotga oid muammolarni tezkor 
sharhlaganligi bilan ham qadrlidir.

Ayniqsa, bunday maqolalar “Taraqqiy” gaz.dan boshlab keng koʻlamda koʻrina 
boshlaydi. I. Obidiy, M. Behbudiy, Fit-rat, Choʻlpon, U. Xoʻjayev, A. Avloniy, H. 
Muin, M. Abdurashidxonov, S. Aj-ziy va boshqa hurfikr jadid ziyolilari qalamiga 
mansub oʻlka va xalqaro may-dondagi ijtimoiy-siyosiy, fan va taʼlim, madaniyat va 
sanʼat, milliy siyosat va boshqa masalalarga bagʻishlangan publitsistik maqolalar 
“Shuhrat”, “Xurshid”, “Osiyo”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Fargʻona”, “Najot”, “Turon”, 
“Hurriyat”, “Yurt” kabi gaz. Va jur. Sa-hifalarida chop etilgan. Xususan, Beh-
budiyning oʻzi tomonidan nashr etilgan va bosh muharrirlik qilgan “Samarqand” 
gaz. Hamda “Oyna” jur.da chop qilingan maqolalari oʻsha davr jamo-atchiligi 
tomonidan zoʻr qiziqish bilan qarshilangan (“Sayohat xotiralari”, “Til masalasi”, 
“Bizni kemirguvchi illatlar”, “Ehtiyoji millat” va boshqalar). 



М.Аминов, А.Мадвалиев, Н.Маҳкамов, 
Н.Махмудов. Иш юритиш. Т. “Ўзбекистон 
миллий энциклопедияси”, 2000. 
N.Mahmudov, A.Rafiyev, I.Yo‘ldoshev. Davlat 
tilida ish yuritish. T., “Sharq” 2004. Ризаев С. 
Иш қоғозларининг айрим намуналари. Т., 
"Меҳнат" 1990. Т.З. Имамова, Л.А. 
Тухватуллина. Иш қоғозлари қандай 
ёзилади? Как писать деловые бумаги? Т., 
“Ўзбекистон 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə