12-mavzu. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish reja


-rasm. Korxonada boshqaruv jarayonining modeli



Yüklə 356,59 Kb.
səhifə3/27
tarix17.04.2023
ölçüsü356,59 Kb.
#106036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
6-mavzu. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish

12.1-rasm. Korxonada boshqaruv jarayonining modeli

Shuni ta’kidlash zarurki, korxonani samarali boshqarish quyidagilarga bevosita bog‘liq:


-aniq maqsadning mavjudligi. Bu korxonaning samarali faoliyat ko‘rsatishiga imkoniyat yaratadi, uning xodimlari harakati yo‘nalishlarini belgilab beradi;
-korxona barqarorligi, ichki va tashqi iqtisodiy munosabatlarda mustahkamlik hamda doimiylikni ta’minlaydigan ichki muvofiqlashti-ruvchi tizimning amal qilishi;
-korxonaning barcha ichki jarayonlarini o‘z-o‘zini tartibga solish tamoyili asosida muvofiqlashtirilganligi;
-korxonaning alohidaligi ya’ni uni boshqa korxonalardan ajratib turuvchi chegaraning mavjudligi;
-tashkiliy madaniyatning mavjudligi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida menejment milliy iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘ini bo‘lgan korxonalarni samarali faoliyat ko‘rsatishi va ularni istiqbolli rivojlantirishni ta’minlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Makroiqtisodiyot nuqtai-nazaridan korxonalarning samarali rivojlanishi quyidagi ijobiy afzalliklarga ega:

  1. birinchidan, aholining mavjud ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga imkon beradi;

  1. ikkinchidan, iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Bu esa bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining o‘sishida namoyon bo‘lad;

  1. uchinchidan, aholining yashash darajasi, farovonligi yaxshilaydi;

  1. to‘rtinchidan, mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashadi.

Mikroiqtisodiy nuqtai nazardan esa, korxona olayotgan foyda miqdorini oshishi natijasida xodimlarning daromadlari ko‘payadi, jamg‘arishga ko‘proq mablag‘ ajratilishi natijasida korxonaning ichki investitsiya qilish imkoniyatlari oshadi. Bu esa uni innovatsion asosda rivojlanishiga imkon beradi.
Amaliyotda, ko‘pchilik hollarda qabul qilinadigan qarorlar tor doiraga ega bo‘lib, korxonani istiqbolli rivojlantirish yo‘nalishlari va tamoyillarini ifodalay olmaydi. Bu holat esa respublikamiz korxonalarida boshqaruv qarorlarini qabul qilishning aniq bosqichlarini ishlab chiqish zaruratini yuzaga keltiradi (12.2-rasm).



Yüklə 356,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə