12-mavzu fond birjalari reja Fond birjasi funksiyalari va tashkiliy tuzilmasi



Yüklə 102,09 Kb.
səhifə8/9
tarix22.05.2023
ölçüsü102,09 Kb.
#111984
1   2   3   4   5   6   7   8   9
fond.birjasi

Axborot agentligi – maxsus axborot tashkiloti boʻlib, ommaviy axborot vositalarini fond birjasi savdolari va faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar berib boradi. Uning asosiy vazifasi – fond birja faoliyatida yuz berayotgan muhim voqealar, misol uchun, aksiyalarning yangi emissiyasi, IPO jarayoni, aksiyalar kotirovkasi, qarz qimmatli qogʻozlar emissiyasi, savdosi, qoplanishi, daromadliligi va boshqalar haqida axborotlar yigʻish, ularni tahlil qilish, ommaviy axborot vositalariga uzatish kabilarni amalga oshiradi.

3. Fond birja savdolari mexanizmi.




Birja auksioni turlari
Fond birja savdosi mexanizmi birja ustavida alohida belgilanadi. Fond birja ustavida savdo qoidalari keng yoritiladi va savdoni amalga oshirish tartib qoidalari koʻrsatiladi. Odatda, savdo mexanizmi qoidalari birja tomonidan mustaqil yoki chetdan mutaxassislar yoki ixtisoslashgan tashkilotlarni jalb qilgan holda ishlab chiqilishi mumkin.

Fond birja savdo qoidalarini ishlab chiqishda birja xodimlaridan ishchi guruhi tuziladi hamda boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar mutaxassislarini shartnoma asosida jalb qiladi. Savdo mexanizmi qoidalarini ishlab chiqish jarayonida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi vakillari ishtirok etishi talab qilinadi. Savdo mexanizmi qoidalarini ishlab chiqishda birjaning yuridik xizmati, birja savdolarini oʻtkazishga hamda birja savdo tizimi dasturiy-texnik majmuasi qatnashadi.


Fond birjasi savdo mexanizmini ishlab chiqish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:





  1. savdo mexanizmi qoidalari matnini ishlab chiqish;




  1. savdo mexanizmi qoidalarini birja aʼzolari yigʻilishida kelishishi;




  1. savdo mexanizmi qoidalarining birja Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanishi;




  1. birja savdolari elektron tizimining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish;




  1. birjaning ichki meʼyoriy hujjatlariga tegishli oʻzgartishlar kiritish.

Birja savdosi mexanizmi qoidalarida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:





  1. birjada amalga oshiriladigan birja bitimlarining turlari;




  1. birja bitimlari qatnashchilarining tarkibi va ularga nisbatan qoʻyiladigan talablar yigʻindisi;




  1. birja savdolarini amalga oshirish va ularning natijalarini roʻyxatga olish tartibi;




  1. birja bitimlari va ularning rasmiylashtirish tartibi;




  1. qimmatli qogʻozlarni kotirovka qilish tartibi;




  1. qimmatli qogʻozlarni birja savdolariga qoʻyishni amalga oshirish tartibi (listing);




  1. birja bitimlari ishtirokchilari oʻrtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;




  1. birja savdosida muomalada boʻlgan standart kontraktlarning

taʼrifi;




  1. savdo maydonchalari va seksiyalarining roʻyxati va nomlari, agar ular birja tomonidan tashkil etilgan boʻlsa;




  1. birja savdolarini oʻtkazish tartibi;




  1. birja aʼzolariga axborot xizmati koʻrsatish tartibi;




  1. birjada narx-navoning yuzaga kelish jarayoni ustidan nazorat qilish tartibi;




  1. birjadagi nizolarni hal etish tartibi;




  1. birja savdolari qoidalarini buzganligi uchun birja aʼzolari va xodimlarining javobgarligi toʻgʻrisidagi qoidalar.

Ishlab chiqilgan fond birjasi savdo mexanizmi qoidalari birja aʼzolarining umumiy yigʻilishida kelishilib, birjaning Kuzatuv Ken-gashi tomonidan tasdiqlangandan soʻng qabul qilinishi lozim. Birja aʼzolarining umumiy yigʻilishida qoidalar kelishiladi va fond birja kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi. Agar fond birja savdo mexanizmi qoidalarining matni birja aʼzolari bilan keliishish yoki


Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanish jarayonida qabul qilinmasa, qoidalarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganidan soʻng kelishish va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


Fond birja savdolarida ishtirok etishga ruxsat quyidagi talablar bajarilganda beriladi:





  1. qimmatli qogʻozlar prospekti roʻyxatga olinishi;




  1. emissiya natijalari hisobotini davlat roʻyxatidan oʻtish;




  1. qimmatli qogʻozlar emitenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” qonunining toʻliq bajarilishi.

Savdoni tashkillashtiruvchi savdoni birja nizomi talabi va hujjatlariga binoan tashkil etishi lozim. Savdoni oʻtkazish vaqti savdo tashkilotchisi tomonidan erkin belgilanishi mumkin, lekin savdoni oʻtkazish qoidalari boʻyicha savdoni oʻtkazish vaqti asosiy savdo sessiyasi mobaynida belgilanishi kerak. Savdolar qoʻshimcha savdo


sessiyalarda ham oʻtkazilishi mumkin, kun tartibidagi savdolarga kiritilgan qimmatli qogʻozlar savdosi asosiy savdo sessiyasiga kiritilishi talab etiladi.


Savdolar amalga oshishi va bajarilishi tartibi tegishli talablar bajarilganidan keyin savdoni tashkil etuvchi tomonidan belgilanadi. Savdolarda bitimlar kelib tushgan arizalar asosida kelishiladi. Kliring tashkiloti tomonidan amalga oshgan bitimlar natijalarini aniqlashtirish savdoni tashkil etuvchi majburiyatlari boʻyicha amalga oshadi.


Savdoda qatnashuvchi nomi yozilmagan arizalar boʻyicha bitimlar tuzish market meyker tomonidan qilinadi.


Fond birja savdolari turli shakllarda tashkil etilishi mumkin.


Oʻtkazish shakli boʻyicha savdolar:





  1. doimiy va sessiya shaklida;




  1. kontakt (anʼanaviy) va kontaksiz (elektron). Amalga oshish shakli boʻyicha:




  1. ishonchnoma asosida birja savdosi (brokerlar);




  1. mustaqil birja savdolari (dilerlar).

Tashkil etish shakli boʻyicha savdo auksionlari oddiy va murakkab auksionlarga boʻlinadi.





Yüklə 102,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə