12-mavzu fond birjalari reja Fond birjasi funksiyalari va tashkiliy tuzilmasi


Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻy-xatidan oʻtkazuvchi tashkilot amalga oshiradi



Yüklə 102,09 Kb.
səhifə7/9
tarix22.05.2023
ölçüsü102,09 Kb.
#111984
1   2   3   4   5   6   7   8   9
fond.birjasi

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻy-xatidan oʻtkazuvchi tashkilot amalga oshiradi. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan emitentning arizasi asosida amalga oshiriladi. Emitentning arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:



  1. emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror;




  1. qimmatli qogʻozlar emissiya risolasi;




  1. blank namunasi;




  1. roʻyxati qonun hujjatlarida belgilanadigan boshqa hujjatlar.

210
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar olingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida davlat roʻyxatidan oʻtkazishi yoki emissiya-viy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtka-zishni rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan qaror qabul qilishi shart.


Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotganida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning har bir nusxasida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishiga berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami koʻrsatiladi.


Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik emitent zimmasida boʻladi.




Kliring – qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar boʻyicha oʻzaro majburiyatlarni aniqlash, aniqlashtirish va hisobga olishdir. Kliring qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchisi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda bitimlar natijalari boʻyicha qimmatli qogʻozlardagi va pul mablagʻlaridagi hisob-kitoblar qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisining kliring topshirigʻi asosida amalga oshiriladi. Kliringni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari va qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil qilish qoidalari bilan belgilanadi.


Netting – mijozning barcha pul talablarini uning barcha pul majburiyatlariga nisbatan hisobga olish orqali amalga oshiriladigan kliring usulidir.



Yüklə 102,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə