Bankning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalari



Yüklə 16,61 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü16,61 Kb.
#164795
2-


Bankning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalari. Qimmatli qog’oz- o’zi bilan bog’liqmulkiy huquqlarni aks ettiradigan hujjatdir, u daromad manbai bo’lib xizmat qiladi, bozorda muomalada yuritilishi va oldi-sotdi vositasi bo’lishi mumkin. Jahon amaliyotida qimmatli qog’ozlarning har xil turlari ishlatilmoqda.
Qimmatli qog’ozlar bozori krеdit munosabatlari bilan birgalikda, o’z qiymatiga ega bo’lgan, sotish, sotib olish va to’lovini amalga oshirish mumkin bo’lgan maxsus hujjatlar (qimmatli qog’ozlar)ga egalik qilish bilan ham bеvosita bog’liq. Qimmatli qog’ozlar o’zida mulkchilik huquqini mujassamlashtirgan bozorda erkin aylanadigan, sotib olish-sotish va boshqa bitimlarning obyеkti bo’ladigan, doimiy va bir martalik daromad olish manbai bo’lib xizmat qiladigan, pul kapitalining bir ko’rinishidagi
hujjatdir. Qimmatli qog’ozlar turli sub'еktlar tomonidan chiqarilishi mumkin. Umumiy holda bu emitеntlar 5 guruhga bo’linadi:
-hukumat;
-davlat korxonalari;
-xususiy sеktor;
-Markaziy bank;
-chеt el subyеktlari.
Hamma qimmatli qog’ozlarni davlat, xususiy yoki xalqaro qimmatli qog’ozlarga ajratish mumkin. Xususiy sеktor tomonidan chiqarilayotgan qimmatli qog’ozlar tarkibiga turli ishlab chiqarish korxonalari, tijorat banklari, invеstitsion banklar, invеstitsion fondlar va boshqalarning qimmatli qog’ozlari alohida o’rin tutadi. Xalqaro qimmatli qog’ozlar ularning hisoblanadigan valyuta va emitеntlari bo’yicha bo’linadi.
Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq faoliyatlari quyidagi meyoriy hujjatlarga asoslanadi:

  • “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonun

  • “Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida”gi Qonun

  • “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xuquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonun

  • “Tijorat banklariga qimmatli qog’ozlar bozorida operatsiyalar bajarishga doir tavsiyalar” (1996-yil 26-apreldagi 211-sonli yo’rkaziy bankning boshqa meyoriy hujjatlari.

Tijorat banklari qimmatli qog’ozlar bozorida quyidagi operatsiyalarni bajarishi mumkin:

  • Qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish va sotish hisobini yuritish, ularni saqlash

  • Qimmatli qog’ozlarni xarid qilish

  • Mablag’larni qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilish

  • Dilerlik, depositor, aksianerlar reestrini yuritish va saqlash

  • Tijorat, brokerlik, trast operatsiyalarini bajarish va maslahatlar berish

  • Mijoz bilan tuzilgan shartnomaga asosan qimmatli qog’ozlarni boshqarish va h.k

Banklar quyidagi shartlar bajarilgan holda qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalarni amalga oshirishlari mumkin:

  1. Bankning bir korxona ustav kapitaliga shuningdek ushbu korxonaning boshqa qimmatli qog’ozlariga qo’yilmasining miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 %idan oshmasligi kerak.

  2. Oldi-sotti uchun nodavlat qimmatli qog’ozlarga qilingan bank qo’yilmasi miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25 %idan oshmasligi kerak.

  3. Bankning barcha emitentlar ustav kapitaliga va boshqa qimmatli qog’ozlariga qilgan investitsiayalari miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 50 %idan oshmasligi kerak.

Bank istalgan korxona ( moliyaviy institutlardan tashqari ) ustav kapitalining 20 %idan ortig’iga to’g’ridan to’g’ri yoki bilvosita egali qilishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘larni “Agrobank” ATBga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan subordinar qarz sifatida kredit liniyasini ochish
shartlari


mln. AQSh dollarida

10 yillik kredit liniyasi

kredit hajmi

yillik foiz stavkasi

foiz to‘lovlari muddati

kreditni qaytarish muddati

20

5,875%

har 6 oyda
(10-fevral / 10-avgust)

10.02.2029-y.



Yüklə 16,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə