Ishlab chiqarish korxonalari mahsulotning sifati va uning raqobatbardoshligi Reja



Yüklə 33,25 Kb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü33,25 Kb.
#157326
  1   2   3
Doc1


Ishlab chiqarish korxonalari mahsulotning sifati va uning raqobatbardoshligi
Reja

  1. Ishlab chiqarish korxonalarini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash jarayonini tashkil etishning nazariy asoslari.

  2. Korxonalarda mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari.

  3. Korxonalarda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash va mahsulot sifatini oshirish usullari.


Ishlab chiqarish korxonalarini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash jarayonini tashkil etishning nazariy asoslari.
Diversifikatsiya —faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. Diversifikatsiya da yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, qishloq xo’laligi, transport, moliya va h.k.) boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi.
Diversifikatsiya natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmat koʻrsatadigan hamda ishlab chiqarish va ishlanmalar bilan band boʻlgan keng tarmoqli, ammo hamisha ham texnologikjihatdan oʻzaro bogʻlan-magan majmualar (masalan, agrosanoat majmui, oʻrmonsanoat majmui) vujudga keladi va bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi deyiladi.
Bundan tashqari, uning kredit diversifikatsiya koʻrinishi ham bor (bunda kredit sifatida beriladigan kapital mablagʻlar xavf-xatarni kamaytirish va yuqori foyda olish maqsadida turli-tuman obyektlar oʻrtasida taqsimlanadi). Bunday diversifikatsiya tarmoqlararo kapital konsentratsiyasi jarayoni va korxonalararo ichki beqarorlikning kuchayishi bilan bogʻliq.
Dunyo mamlakatlarida diversifikatsiya jarayoni XX asrning 50-yillari oʻrtalaridan rivojlana boshladi. Dastlab AQSH, Yaponiya, Gʻarbiy Yevropa davlatlarida diversifikatsiya sanoat, transport, qurilish, moliya sohalarida vujudga keladi. Shu bois, diversifikatsiya xarakteri mazkur davlatlarning ijtimoiyiqtisodiy omillari, shuningdek, boshqa davlatlarga tegishli boʻlgan umumiy omillar (ilmiy-texnika inqilobi, yuqori foyda uchun kurash, raqobat kurashi, texnik taraqqiyotdan qolib ketmaslik va boshqalar) bilan belgilanadi.
Diversifikatsiyada firmalar, ayniqsa, monopol firmalar kup tarmoqlilik tusini oladi. Ular, avvalo, koʻp daromadli, tez rivojlanadigan sohalar (masalan, elektronika, kimyo)da faoliyat boshlaydi. Kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish bilan birga, shu mahsulot uchun zarur boʻlgan xom ashyoni ham oʻzlari tayyorlashga kirishadi. Mablagʻlarni kam daromadli sohadan tejab koʻp foyda beradigan tarmoklarga sarf etadilar. Masalan, AQSH konsernlari xizmat koʻrsatish, qurilish, yer maydonlari savdosi, nashr ishlari, savdo-sotiq axboroti, jihozlarni ijaraga berish va boshqalarda faoliyat yuritdi. Oʻzbekistan xalq xoʻjaligida yangi barpo etilgan sanoat korxonalarida asosiy mahsulot turidan tashqari qoʻshimcha mahsulotlar, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Diversifikatsiya usulida tavakkalchilik bir necha tovarlarga taqsimlanadi, ya′ni biror tovarni sotish (sotib olish) yuqori tavakkalchilik bilan bog`liq bo`lishi boshqa bir tovarni sotishdan (sotib olishdan) bo`ladigan tavakkalchilikni kamaytirishga olib keladi. Masalan, biror firma ikki xil mahsulot ishlab chiqaradi. Ma′lumki, bir vaqtning o`zida ikkala mahsulot turiga bo`lgan talabning kamayib ketish ehtimoli, ulardan bittasiga bo`lgan talabni kamayib ketish ehtimolidan yuqori. Ko`p hollarda bir turdagi mahsulotga bo`lgan talab kamayganda ikkinchi turdagi mahsulotga bo`lgan talab oshadi. Firma o`z ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilib yoz oyida ikkinchi tur tovar hisobidan yo`qotadigan daromadini birinchi tur tovarni ko`proq sotish hisobidan qoplaydi. Xuddi shunday qish faslidagi yo`qotishlar ikkinchi tovar hisobidan qoplanadi. Ko`rinib turibdiki firma diversifikatsiya yo`li bilan tavakkalchilikni kamaytirdi. Lekin, diversifikatsiya tavakkalchilikni to`liq yo`qotmaydi, u faqat kamaytiradi xolos. Modernizatsiya keng tushuncha bo’lib, uni ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga tadbiqan qo’llash mumkin. Bu, eng avvalo, modernizatsiyalash jarayonini turli jihatlarga ko’ra tasniflash orqali namoyon bo’ladi. “Modernizatsiya, modernizatsiyalash (inglizcha modern - eng yangi, zamonaviy) – biror narsani yangilash unga zamoaviy tus berish, uni zamonaviy talablarga muvofiq o’zgartirish degan ma’noni bildiradi. Modernizatsiyalashda mashina, apparat, turli texnologik qurilmalar, muhim kashfiyotlar texnika taraqqiyoti talablriga muvofiq qayta ishlanadi. Xususan, ular modernizatsiya tushunchasiga tor ma’nodagi yondashuv sifatida quyidagi mazmundagi ta’rifni berish mumkin: “Modernizatsiya – obyektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan, mashina, asbob-uskunalar, texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi”. Bundan ko’rinadiki, tor ma’nodagi modernizatsiya atamasi asosan texnika, texnologiyaga oid tushuncha hisoblanadi. Modernizatsiya – ishlab chiqarishning tayyorlanayotgan mahsulotlar (ish va xizmatlar) raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilgan texnologik yangilanish jarayonidir. U korxonalarning texnologik qoloqligini bartaraf etish vositasi bo’lib, mehnat, moddiy va xom ashyo resurslaridan samarali foydalanish darajasiga keskin ta’sir ko’rsatadi. Modernizatsiya, texnik va texnologik yangilash natijalari yuqori texnologik, raqobatdosh ishlab chiqarishning jadal rivojlanish shartini belgilab beradi.


Yüklə 33,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə