13-ma’ruza mavzu. O‘quv mashg‘ulotlarida o‘qitish texnologiyalarini loyihalashtirish


O‘qitish metodlari o‘qitish texnologiyasining elementlari



Yüklə 31,12 Kb.
səhifə4/4
tarix29.11.2023
ölçüsü31,12 Kb.
#141229
1   2   3   4
13-Ma\'ruza

13.3. O‘qitish metodlari o‘qitish texnologiyasining elementlari. O‘qitish metodi-metod(usul)-yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “Metodos”-biror narsaga yo‘l ma’nosini anglatadi. Ta’lim sohasida metod – o‘qituvchi va talabalarning muayyan maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning tartibga solingan usullar yig‘indisidir. O‘qitish metodlari haqida 3-mavzuda to‘xtalib o‘tganmiz [29, 87].
Informatiika fanini o‘qitish jarayonida o‘qitish texnologiyasining asosiy elementlaridan o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalanib ta’lim jarayonini loyihalashtirish o‘quvchilarda quyidagi kompetentlikni shakllantiradi:

  • o‘rganish - informatika fanini asosiy tushunchalarini o‘qib olish, ularni bir-biridan farqlash, tasavvur etish, idrok etish, qo‘llay olish;

  • o‘ylash - o‘rganilganlarni tahlil eta olish, informatikaga oid tushunchalarni butundan bo‘lakka, bo‘lakdan butunga o‘tkaza olish;

  • qidirish - informatikadagi o‘quv, ijodiy topshiriqlarni, masala va mashqlarni yechishning yangi usullarini izlab topish;

  • yaratish - o‘rganilgan yangi bilimlarga asoslanib o‘quvchi o‘zi uchun yangilik yaratishi;

  • hamkorlik - o‘quvchining dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda fan o‘qituvchisi va o‘z tengdoshlari bilan alohida va hamkorlikda ishlashi;

  • moslashish-o‘quvchining yangi o‘quv jarayoniga, interfaol o‘qitish usullariga, ijodiy jarayonga moslashib olishi ва h.k.



Muammoli va mantiqiy nazorat savollari

  1. O‘qitish texnologiyasining ilmiylik tamoyilini informatika fani mavzusi misolida tushuntirib bering!

  2. Pedagogning o‘qitish texnorlogiyasiga yondashuvi deganda nimani tushunasiz? Misollar bilan tushuntirib bering!

  3. O‘quvchi qachon ijodiy tafakkur sohibi bo‘la oladi. Informatika misolida tushuntiring!

  4. O‘qitish texnologiyasining tarkibiy elementlariga nega o‘qitish maqsadi kiritilmagan? Izohlang!

  5. Siz o‘qituvchi sifatida o‘quvchingizni qanday tashxislaysiz?

  6. O‘qitish jarayoni nega ijobiy ham, salbiy ham bo‘lishi mumkin?

  7. Informatika fanidan ixtiyoriy mavzuni olib umumiy mezonga asoslanib xususiy mezonni ishlab chiqing!

  8. Informatikani o‘qitish metodi o‘qitish texnologiyasi bilan qanday farq qiladi? Misollar bilan tushuntiring!

Yüklə 31,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə