13-mavzu. O‘zbekiston pandemiya sharoitida davlatimizning xalq salomatligini asrash borasidagi samarali faoliyati reja: O‘zbekistonda pandemiya boshlanishi va unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan islohatlar



Yüklə 42,41 Kb.
səhifə5/5
tarix27.12.2023
ölçüsü42,41 Kb.
#161783
1   2   3   4   5
13-mavzu. O‘zbekiston Pandemiya sharoitida davlatimizning xalq salomatligini asrash borasidagi samarali faoliyati.

Yoshlar: ulg‘ayish vaqti
Yosh avlod bundan befarq qolmasligi kerak, zero mamlakatning ertangi kuni ularga bog‘liq.
Yoshlar nima qilishlari mumkin? Mahalliy jamoatchilik darajasida tushuntirish ishlarini olib borishlari, volontyorlik bilan shug‘ullanishlari va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga yaqindan yordam berishlari mumkin. Bu virus yuqtirgan taqdirda og‘ir kasalliklarga ko‘proq moyil bo‘lgan keksa avlod vakillari oldidagi katta mas’uliyatdir. Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun epidemiologik nazorat bo‘yicha kuzatuv ishlarida ishtirok etish eng maqbul yo‘l. Ehtimol, bu faol yoshlar harakatini malakali tashkil etish mumkin bo‘lgan faoliyatning to‘liq ro‘yxati emasdir.
Shu bilan birga, yoshlar uchun «niqob» madaniyatini kuzatishda beparvo bo‘lmaslik muhim jihatdir. Ular boshqalar kabi bir xil choralarni ko‘rishlari kerak.
Tezkorlik, monitoring va tizimli yondashuv
Biz keng miqyosdagi karantin cheklovlaridan bosqichma-bosqich voz kechish, og‘ir holatlarni tashxislashdan barcha holatlarni aniqlash va izolyatsiyalashga o‘tish, uning doirasida profilaktika choralarini doimiy ravishda amalga oshirib borish «yangi meyor» ekanini anglab yeta boshladik.
Shuning uchun shubhali holatlarni tezkor aniqlash, yakkalash, test sinovlarini o‘tkazish va boshqarishni ta’minlash juda muhimdir. Bu o‘rinda aholining zaif qatlamlari orasida virus tarqalishini o‘z ichiga olgan kasallik epidemiyasini aniqlash va nazorat qilish alohida ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida, uzoq muddatli epidemiologik an’analarni monitoring qilib borish lozim. Tezkorlik va monitoring, yana tezkorlik — bu koronavirusga qarshi kurashda yangi yondashuvning asoslari.
Buning uchun sog‘liqni saqlash tizimi yetarli darajada inson resurslariga ega bo‘lishi kerak. Mamlakat COVID-19 pandemiyasi muammosiga birinchi marta duch kelayotganini idrok etish muhimdir.
Binobarin, pandemiya o‘z pozitsiyasini boy bermayapti, bu uni jilovlash va o‘sishini to‘xtatish uchun bugun amalga oshirilayotgan say-harakatlarni qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Bu, avvalambor, COVID-19ning hayotiyligini va tarqalishini tushunishda, o‘rganilayotgan hodisaning asosiy omillarini aniqlashga qaratilgan muntazam yondashuv.
Agar biz ushbu asosiy omillarni tushunmasak, noxush holatlar soni keskin o‘sishi mumkin. Virus tarqalishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni aniqlash, ma’lumotlarni muntazam tahlil qilish, resurslarni qayta taqsimlash, infeksiyani muvaffaqiyatli nazorat qilish tajribasini o‘rganish, tibbiyot xodimlarini doimiy o‘qitish — bularning barchasi noxush holatlarning o‘sish egri chizig‘ini birgalikda bostirishga va keyinchalik infeksiyalar tarqalishini to‘xtatishga yordam beradi. Va bu yerda mashhur prinsip birinchi o‘rinda turadi — kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish osonroq. Pandemiya u yoqda tursin, har qanday epidemiyada eng xavfli omil, bu kasallikning o‘zi emas, balki uning keng tarqalishidir. Ertami-kechmi, vaksinalar yaratiladi, ammo unga qadar kasallik tarqalish zonalarini lokalizatsiya qilish va tarqalish zanjirlarini to‘xtatish juda muhimdir. Bu nafaqat pandemiya, balki ushbu kasallikning global tarqalishiga qarshi kurash kalitidir.
Epidemik vaziyatni nazorat qilish strategiyasiga aholi va fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish zarur. Hukumat va xalq o‘rtasidagi bunday o‘zaro munosabatlar muammoni samarali hal etish uchun xizmat qiladi va mamlakatda epidemiologik vaziyatni nazorat qilish uchun eng to‘g‘ri choralar ko‘rishga imkon beradi. Dunyo bo‘ylab shiddat bilan tarqalayotgan, odamlarning yostig‘ini quritayotgan va kurrai zamin aholisini qo‘rquvda ushlab turgan yangi virusni mana shu tarzda yengishimiz mumkin, deb o‘ylayman.
Vaksinatsiya
2020-yil oxirida Prezident Mirziyoyev mamlakatimizda vaksinatsiya boshlanishini ta’kidladi. 2021-yil mart oyida JSST qo‘llashga ruxsat bergan AQShning Pfizer va Germaniyaning BioNTech korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani O‘zbekistonda ham emlash jarayoniga jalb qilish va fuqarolarni emlash to‘g‘risida 100 ming dozaga rasman buyurtma berildi. 2021-yilning birinchi yarmida “COVAX” dasturiga ko‘ra O‘zbekistonga “Moderna” va “Pfizer’ vaksinalarining 4 milliondan oshiq dozasi keltirildi. Shuningdek o‘zbek-xitoy vaksinasidan ham keng foydalanilmoqda. 2021-yil 25-avgust holatiga ko‘ra mamlakatimizda emlanganlar soni 2,5 milliondan oshdi.
Yüklə 42,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə