muloqot uslubiga odatda yosh, tajribasiz o‘qituvchilar
tushib qolishi
mumkin. Ushbu uslub asosida boshlangan muloqot, ko‘pincha, o‘quv-
chilarni tez-tez ogohlantirish, ularni qattiqqo‘llik bilan tarbiyalashga harakat
qilish, o‘qituvchi yoqtirmagan o‘quvchilar xatti-harakatini ta’qiqlash
vaziyatida olib boriladi. O‘quvchilar faolligi,
tashab- buskorligi inkor
etiladi. Natijada o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida ko‘z ilg‘amas qarama-
qarshiliklar paydo bo‘ladi.
Muloqot jarayonidagi ushbu qarama-qarshiliklar o‘quvchilarda o‘z
tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar bilan o‘qituv-
chining o‘quvchilarga qo‘yadigan talablari va ularni bajarish imkoni- yatlari
o‘rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishidan paydo bo‘ladi. Ba’zan
o‘quvchining ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq kelmasligidan, yoki
o‘qituvchining o‘quvchilar yosh xususiyatlarini, fe’l-atvori,
xarakteri,
qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik jihatdan sog‘lomligini
bilmasliklari oqibatida ziddiyatlar kelib chiqadi. Muloqot jarayonidagi
ushbu ziddiyatlarni bartaraf etishda asosan o‘qituvchining o‘zi qizg‘in
faoliyat olib borishi, ustoz o‘qituvchilar tajribalaridan foydalanishi, lozim
bo‘lganda, tortinmasdan ulardan yordam so‘rashi maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida milliy
va umuminsoniy qadri-
yatlarni, axloqiy normalarni o‘zlashtiradilar. O‘quvchi eng yaxshi insoniy
fazilatlarni, axloq-odobni, muloqot madaniyatini asosan o‘qituvchi
timsolida anglab olishini unutmaslik kerak. O‘quvchilar jamoasida
o‘qituvchilar bilan o‘zaro munosabatlar insonparvarlik
tamoyillariga
asoslanadi. Ular odatda ikki xil bo‘lib biri rasmiy, ikkinchisi norasmiy
muomala deyiladi.
Rasmiy muomala munosabatlari O‘zbekiston
Respublikasining
qonunlari, direktiv hujjatlariga asoslanadi.
Norasmiy muomala pedagogik etika va estetikaning qonuniyat- lariga va
o‘qituvchi odobiga asoslanadi va jamoaning har bir a’zosi tomonidan
ixtiyoriy ravishda bajariladi. Muloqot odobi psixologik qonuniyatlar, odob
normalari va qoidalari, talablari hamda o‘qituv-
chilar jamoasining fikri
asosida boshqariladi.