15-mavzu. Boshqaruv funktsiyalari va tuzilmasi


Chiziqli (pog’onali) tashkiliy tuzilma



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə8/8
tarix11.12.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#144761
1   2   3   4   5   6   7   8
15-mavzu

Chiziqli (pog’onali) tashkiliy tuzilma

  • Chiziqli (pog’onali) tashkiliy tuzilma boshqaruv strukturasining eng sodda turi hisoblanadi.
  • Bunda boshqaruvning hamma funktsiyalari korxona rahbari qo’lida to’planib, barcha quyi rahbarlar va ishlab chiqarish yacheykalari unga bo’ysunadi. Har bir rahbar o’ziga ishonib topshirilgan bo’linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.

Chiziqli-shtabli tashkiliy-tuzilma

  • Chiziqli-shtabli struktura har bir chiziqli rahbar qoshida ixtisoslashgan xizmatchilar, maslaxatchilar kengashi, ya’ni shtablar tuzish yo’li bilan tashkil etiladi.
  • Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o’rganish orqali rahbarlarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo’lishiga sabab korxonalarda funktsiyalarning murakkabligidir.

Funktsional tashkiliy tuzilma

  • Funktsional boshqaruv strukturasi rahbarlar va struktura bo’g’inlari-ning boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo’g’iniga muayyan funktsiyalar biriktirib quyiladi.
  • Boshqaruv apparatini funktsional ixtisoslashtirish samaradorligini ancha oshiradi. Boshqaruvning hamma funktsiyalarini bajarishi lozim bo’lgan universal rahbarlar o’rniga o’z sohasini puxta biladigan, o’z shtatiga ega bo’lgan, o’ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar apparati paydo bo’ladi.
  • Funktsional bo’linmalar bevosita barcha quyi struktura bo’linmalari-ning faoliyatini boshqaradi. Funktsional boshqarish u yoki bu funktsiya vakolatiga taaluqli tor doiradagi masalalar bo’yicha quyi bosqichning organlari va bo’linmalari faoliyatiga rahbarlikni ta’minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo’limi tsexlarning reja byurolariga rahbarlik qiladi.

Dasturli-maqsadli tashkiliy-tuzilma

  • Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi ko’pgina muammolarni hal etish gorizontal bo’yicha kelishib olish va muvofiqlashtirishni talab etadi. Masalan, korxona yangi xil mahsulot ishlab chiqarishga ko’chadigan bo’lsa:
  • materiallarini sarflashning yangi me’yorini ishlab chiqish;
  • mehnat me’yorlarini qayta ko’rib chiqish;
  • turli kasbdagi ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
  • yangi materiallarga ehtiyojni aniqlash;
  • etkazib beruvchilar bilan aloqa o’rnatish;
  • yangi texnologiyalarni joriy etish va hokazolar talab qilinadi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə