17-Ma’ruza: Mehnat va kadrlarga oid hujjatlar



Yüklə 139,27 Kb.
səhifə6/7
tarix05.05.2023
ölçüsü139,27 Kb.
#108744
1   2   3   4   5   6   7
17-mavzu G\'ayratjonov Bekzodjon

Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:


1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma'lumotlar:

ismi, otasining ismi va familiyasi; tug’ilgan yili; millati; partiyaviyligi; ma'lumoti;lavozimi; ilmiy darajasi va unvoni (agar ular mavjud bo’lsa) Hujjat nomi (Tavsifnoma). Matn Imzolar Sana. Muhr.


Tavsifnoma matnini o’zaro mantiqan bog’langan uch tarkibiy qismga ajratib ko’rsatish mumkin.
Birinchi qismda shaxsning mehnat faoliyati to’g’risida, ya'ni uning mutaxassisligi, aynan shu korxona yoki tashkilotda qaysi muddatdan buyon io’latilayotganligi, xizmat vazifasidagi o’zgarishlar va boshqalar haqida ma'lumot beriladi.
Ikkinchi qismda uning shaxsiy tavsifi, ya'ni ishga munosabati, mutaxassislik bo’yicha mahorati, siyosiy va iqtisodiy bilimlarini oshirishi, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto ba'zida siyrati, ishdagi o’rtoqlariga munosabati, xodimning qanday hukumat mukofotlariga sazovor bo’lganligi va boshqa asosiy rag’batlantirishlar, berilgan ma'muriy jazolar qayd etiladi.
Uchinchi qismda esa bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi ko’rsatiladi.
Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Tavsifnoma xodimning qo’liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muasssasaga jo’natiladi.
Tavsifnomaning ―ishlab chiqarish tavsifnomasi‖, ―tavsifiy tavsiyanoma‖,
―xizmat tavsifnomasi‖ kabi turlari mavjud bo’lib, ular ayrim xususiyatlari jihatidan o’zaro farqlanadi.
TAVSIYANOMA. Biror shaxsni ma'lum lavozimga yoki ijtimoiy - siyosiy tashkilotlarga a'zo bo’lish uchun tavsiya etuvchi rasmiy hujjat. Tavsiyanomalar ijodiy uyushmalar, muassasa ma'muriyati yoki alohida shaxs tomonidan berilishi mumkin.
Har qanday tavsiyanoma matnida tavsiya qilinayotgan shaxsning xususiyatlari mutaxassis sifatida malakasi, ishchanligi, oilaviy, axloqiy jihatlari va ijtimoiy faoliyatiga baho beriladi, shuningdek, tavsiya etilayotgan lavozimga yoki ijtimoiy- siyosiy tashkilotlarga a'zo bo’lishga munosib ekanligiga ishonch bildiradi.
Tavsiyanomalar ba'zi xususiyatlariga ko’ra tavsifnomaga o’xshaydi. Shu sababli ham tavsiyanomalarning ko’pchiligi tavsifiy tavsiyanomalar shaklida bo’ladi. Ular orasidagi asosiy farq shundaki, tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, salbiy xususiyatlari qayd qilinadi. Tavsiyanomalarda esa uning ijobiy xususiyatlari ko’rsatilishi bilan birga, keyinchalik uning zimmasiga yuklatiladigan vazifani bajara olishiga ishonch bildiradi va tavsiya etiladi.
Turli mukofotlarga taqdim etish ham tavsiyanoma shamoyilida bo’ladi. Tavsiyanomaning asosiy zaruriy qismlari:

  1. Hujjatning nomi (Tavsiyanoma),Matn,tavsiyanoma beruvchi shaxsning lavozimi, ism- familiyasi,imzo,sana.


Yüklə 139,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə