17-Ma’ruza: Mehnat va kadrlarga oid hujjatlar



Yüklə 139,27 Kb.
səhifə7/7
tarix05.05.2023
ölçüsü139,27 Kb.
#108744
1   2   3   4   5   6   7
17-mavzu G\'ayratjonov Bekzodjon

TARJIMAI HOL. Ma'lum bir shaxs tomonidan o’z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimai hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muhtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Garchi erkin (ixtiyoriy) tuzilsada, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bo’lishi shart.Tarjimai holning asosiy zaruriy qismlari:Hujjatning nomi (Tarjimai
hol),Matn,muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi; tug’ilgan yil, kun, oy va tug’ilgan joyi; ota-onasi haqida qisqacha ma'lumot(familiyasi, ismi, va ota ismi, ish joyi); ma'lumoti va ma'lumotiga ko’ra mutaxassisligi; ish faoliyatining turlari; oxirgi ish joyi va lavozimi; mukofot va rag’batlantirishlar; jamoat ishlarida ishtiroki; partiyaviyligi,oilaviy ahvoli va oila a'zolari, turar joyi.Tarjimai hol oddiy qog’ozga, ayrim hollarda, ya'ni ishga, o’qishga kirishda maxsus bosma ish qog’ozlariga qo’lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo’lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi. Barcha ma'lumotlar davriylik (xronologiya) asosida beriladi. Tarjimai hol shunday tuzilishi kerakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo’li, ishchanlik mahorati, ijtimoiy- siyosiy faoliyati haqida tasavvurga ega bo’lsin.
Boshqa ishga o’tkazish to’g’risidagi buyruq xodim bir tuzilmaviy bo’linmadan boshqasiga o’tkazilayotganda rasmiylashtiriladi. Buyruqqa avvalgi va yangi ish joyidagi tuzilmaviy bo’linmaning rahbarlari tomonidan kelishilganlik vizasi qo’yiladi va u tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi.
Ta'til taqdim etish to’g’risida xat qonunchilikka muvofiq holda xodimga taqdim etiladigan har yillik va boshqa ta'tillarni rasmiylashtirish uchun qo’llaniladi. Mazkur xatga asosan shaxsiy varaqaga belgi qo’yiladi va ta'til uchun ish haqi hisob-kitob qilinadi. Ish xaqi to’lanmaydigan ta'til taqdim etilganda ta'til kunlari ko’rsatilgan joyning yonida ―Haq to’lanmaydigan‖ deb ko’rsatiladi.
Mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi buyruq xodim ishdan bo’shatilganda qo’llaniladi. Unga tuzilmaviy bo’linmaning rahbari tomonidan kelishilganlik belgisi (viza) qo’yiladi va tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi. Xodim o’z xohishi bilan ishdan bo’shaganda u arizani rasmiylashtiradi. Buyruqqa asosan buxgalteriya xodim bilan hisob-kitob qiladi.
Shaxsiy hujjatlar yig’majildi – xodim to’g’risida batafsil ma'lumotlarni o’z ichiga olgan hujjatlar to’plami. Bunday yig’majildlar muassasa faoliyatini o’rganishda muhim manba hisoblanadi. Unda quyidagi hujjatlar raqamda ko’rsatilgan tartib bilan saqlanadi:hujjatlar ro’yxati- yig’majilddagi hujjatlar ichki
ro’yxati;ishga qabul qilish to’g’risida ariza, yo’llanma yoki tavsiyanoma; kadrlarni hisobga olish bo’yicha shaxsiy varaqa;
tarjimai hol;ma'lumoti to’g’risidagi hujjatning nusxasi;tavsifnomalar;buyruqlar (ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o’tkazish, ishdan bo’shatish haqida) dan ko’chirma; kadrlarni hisobga olish bo’yicha shaxsiy varaqaga qo’shimchalar; rag’barlantirishni hisobga olish bo’yicha qo’shimchalar;mazkur xodimga taaluqli ma'lumotnoma va boshqa hujjatlar.Ichki mehnat tartiboti qoidalari tashkilot mehnat jamoasi umumiy yig’ilishida muhokama etilib tasdiqlangandan so’ng, tashkilot blankasiga ko’chiriladi; huquq maslahatchisi imzolagandan so’ng, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi
Ta'tillar grafigi tashkilot xodimlari uchun tashkilot bo’linmalari tavsiya qilgan ro’yxat asosida tuziladi. Ishlab chiqarish zarurutiga qarab rahbar tomonidan ro’yxatga o’zgartirishlar kiritiladi va tasdiqlanadi. Shular asosida kadrlar bo’limida ta'tillar grafigi tuziladi.
Ta'til taqdim etish to’g’risida xat qonunchilikka muvofiq holda xodimga taqdim etiladigan har yillik va boshqa ta'tillarni rasmiylashtirish uchun qo’llaniladi. Mazkur xatga asosan shaxsiy varaqaga belgi qo’yiladi va ta'til uchun ish haqi hisob-kitob qilinadi. Ish xaqi to’lanmaydigan ta'til taqdim etilganda ta'til kunlari ko’rsatilgan joyning yonida ―Haq to’lanmaydigan‖ deb ko’rsatiladi.
Shtat jadvali tashkilot blankasida tuzilib, unda lavozimlar ro’yxati, shtat birligi soni, lavozim maoshlari, ustamalar, ish haqining oylik fondi to’g’risida ma'lumotlar bo’ladi. Hujjat tashkilot rahbari o’rinbosari tomonidan imzolanadi, bosh buxgalter bilan kelishuvdan so’ng, rahbar tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlash ustxatida tashkilot umumiy shtatlari soni va ish haqining oylik fondi alohida ko’rsatiladi. Shtat jadvaliga o’zgartirishlar kiritish korxona rahbarining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Boshqa ishga o’tkazish to’g’risidagi buyruq xodim bir tuzilmaviy bo’linmadan boshqasiga o’tkazilayotganda rasmiylashtiriladi. Buyruqqa avvalgi va yangi ish joyidagi tuzilmaviy bo’linmaning rahbarlari tomonidan kelishilganlik
vizasi qo’yiladi va u tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi.Mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi buyruq xodim ishdan bo’shatilganda qo’llaniladi. Unga tuzilmaviy bo’linmaning rahbari tomonidan kelishilganlik belgisi (viza) qo’yiladi va tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi. Xodim o’z xohishi bilan ishdan bo’shaganda u arizani rasmiylashtiradi. Buyruqqa asosan buxgalteriya xodim bilan hisob-kitob qiladi.
Shaxsiy hujjatlar yig’majildining boshlang’ich sanasi sifatida ishga qabul qilish to’g’risidagi arizaning sanasi olinadi, yakuniy sanasi esa – ishdan bo’shatish to’g’risidagi buyruqning sanasi hisoblanadi
Nazorat savollari:

Tavsifnoma.
Tavsiyanoma.
Tarjimai hol.
Ichki mehnat tartiboti qoidalari.
Ta‘tillar grafigi. Ta‘til taqdim etish to’g’risida xat.
Shtat jadvali.
Boshqa ishga o’tkazish to’g’risidagi buyruq.
Mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi buyruq.
Xodimlar shaxsiy tarkibiga oid hujjatlar yig’majildi.
Yüklə 139,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə