17-Ma’ruza: Ob'еkt qoshidagi omborlarni tashkil etish. (4-soat) Reja



Yüklə 178,72 Kb.
səhifə5/6
tarix13.05.2022
ölçüsü178,72 Kb.
#86896
1   2   3   4   5   6
17- Ma\'ruza

11.1. Umumiy qoidalar
Qurilish ishlab chiqarishini to‘g‘ri tashkil etishda ishchi-xizmatchilarning qurilishda bo‘ladigan madaniy-maishiy ehtiyojlarini talab darajasida qondirish masalalariga ham alohida e’tibor bilan qarash zarur. Chunki ishchining yechinib-kiyinishi, toza kiyimlarini ozoda joylarda saqlashi, ovqatlanishi va dam olish xonalarining bo‘lishi ularning ruhiyatiga, sog‘lig‘iga va mehnat faoliyatiga (ish unumiga) ijobiy ta’sir qiladi. Qurilish ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan vaqtinchalik inshootlarning (qorishma sexlari, ustaxonalar, suvoqchilik stansiyalari, tosh qirqish dastgohlari va boshqalar) to‘g‘ri loyihalanishi va joylashtirilishi muhim ahamiyatga ega.

Vaqtinchalik bino va inshootlar qurilish davri uchungina zarur bo‘lganligi uchun ularni loyihalashda ortiqcha chiqimga yo‘l qo‘ymaslik zarur.

Vaqtinchalik yordamchi binolarni shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin:

a) xizmat binolari, boshqarma, ish yurituvchi xonasi, dispetcher xonasi, qorovulxona;

b) madaniy - maishiy maqsadlardagi binolar: kiyimxona, yuvinish xonasi, ovqatlanish xonasi, cho‘milish xonasi, isinish xonasi, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonasi, kiyim quritish xonasi, dam olish xonasi;

v) yordamchi ishlab chiqarish bino va inshootlari: vaqtinchalik ustaxonalar, qorishma uzellari, suvoq va bo‘yoq stansiyalari, elektrostansiya, nasos va issiqlik stansiyalari.

Vaqtinchalik binolarni loyihalash ularning turi, soni va maydonini aniqlashdan iborat. Buning uchun qurilishda ishtirok etuvchilarining umumiy soni asos qilib olinadi:


Yüklə 178,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə