Silindrik koordinatalar tizimi.
Silindrik koordinatalar tizimi nuqtaning joylashuvini
silindrik usulda
ko‘rsatishga xizmat qiladi va bu nuqtani Foydalanuvchi
Koordinatalar Tizimi
(PSK) koordinata boshi bilan bog‘laydi. Bu tizim asosida silindr o‘qiga
perpendikulyar bo‘lgan gorizontal tekislik yotadi.
Silindrik koordinatalar tizimidagi birinchi qiymat koordinata boshidan nuqtagacha
masofa (silindr radiusi), ikkinchi qiymat XY tekisligida X o‘qidan olingan burchak
(soat strelkasiga teskari), uchinchi qiymat esa Z koordinatasidir (nuqtaning XY
tekisligidan uzoqligi).
Chizmada
5<30,6
va
8<60,1
koordinatalar
orqali berilgan
nuqtalar tasvirlangan. (2.3-rasm, b)
Agar nuqtaning vaziyatini o‘zidan oldingi nuqtaga bog‘lash kerak bo‘lsa, unda
nisbiy silindrik koordinatalardan foydalanish lozim. Bu, “
@”
belgisi
yordamida
amalga oshiriladi. Quyidagi rasmda
@4<45,5
nuqtani koordinata boshiga nisbatan
emas, balki oxirgi nuqtaga bog‘lab qurilganligi ko‘rsatilgan. Bu erda, oxirgi nuqta
ikkinchi koordinatalar tizimining boshi sifatida qaralgan.
3. Ishning bajarilish tartibi
1. AutoCAD dasturi ishga tushiriladi.
10
2. Dasturning bazaviy strukturasi o’rganib chiqiladi
va quyida berilgan
variantlar bo’yicha talabalar AutoCAD dasturida chiziladi.
3. O‘qituvchi bergan vazifaga ko‘ra murakkab bo’lmagan dasturlarni tuzish.
4. Tayyor chizmani hisobot uchun bosmaga chiqarish.
5. O‘z bilimlarini nazorat savollari orqali tekshirish.
VARIANTLAR