2-mavzu: Menejment tuzilmalarining yangi tashkiliy shakllari


Тashkiliy tuzilmalar turlari



Yüklə 10,78 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü10,78 Kb.
#159334
1   2   3
2-mavzu Menejment tuzilmalarining yangi tashkiliy shakllari-fayllar.org

2. Тashkiliy tuzilmalar turlari

Тashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil bog’liqlikka ega va qonuniyatlarga bo’ysunadi.


Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy to’g’ri chiziqli va funksional turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-funksional tuzilmalar tarkib topadi.
Chiziqli tuzilma uning quyi boshqaruv bo’g’inlari yuqori bosqichdagi rahbarga bevosita buysunishi bilan tavsiflanadi. Chiziqli tuzilmada har bir xodim bitta rahbarga buysunadi va yuqori tizim bilan faqat u orqali bog’langan bo’ladi. Chiziqli tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, ishonchli, kamxarjligidir. Har bir rahbar butun mehnat jamoasi faoliyati natijalari bo’yicha javobgar. Bu Strategik va joriy qarorlarni qabul qilish huquqi markazlashishiga olib keladi.
Chiziqli tuzilmalarni hal etiluvchi masalalar doirasi keng bo’lmagan, bu masalalar yechilishi oson bo’lgan hollarda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Sof holda chiziqli boshqaruv juda kam, asosan, brigada, bo’lim, shirkat, kichik korxonalarda qo’llaniladi.
Funksional tuzilma - boshqaruv vazifalarining funksional bo’g’inlar va rahbarlar o’rtasida taqsimlanishiga asoslanadi. U boshqaruv murakkablashuvi va ixtisoslashuv rivojlanishi bilan bog’liq holda vujudga kelgan.
Funksional tuzilmada boshqaruvchi ko’rsatmalar nisbatan malakali bo’ladi, lekin yakka boshchilik tamoyiliga rioya qilinmaydi. Funksional bo’g’inlar soni oрtishi bilan har bir bo’g’in mustaqil ravishda hal etuvchi masalalar doirasi toрayib boradi. Muammoning mohiyati har bir bo’g’in o’z masalasini birinchi navbatda xal qilishdan manfaatdor bo’lishida emas, balki bitta ham bo’g’in bu masalani yetarli darajada asoslangan holda va to’g’ri hal kila olmasligi, yechimlar maydalashib, to’liq bo’lmay qolishidadir. Bu boshqaruvni maрakkablashtirib, uning samaradorligini kamaytiradi.
Chiziqli tuzilmani tashkil etish va funksional tuzilmaning kamchiliklari qo’shma, biriktirilgan tuzilmalar - chiziqli-shtabli, chiziqli-funksional va boshqa tuzilmalar vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
Chiziqli-shtabli tuzilmada chiziqli tuzilma asos qilib olinadi, lekin boshqaruvning quyi bo’g’inga ega har bir bo’g’inida ayrim muhim muammolar bo’yicha shtablar tuziladi. Shtablar malakali qarorlar tayyorlaydilar, lekin chiziqli tuzilma rahbari tasdiqlab, quyi darajaga yuboradi. U shtab tavsiyalarini kooрdinatsiya qiladi, muvofiqlashtiradi va natijada boshqaruv sifati yaxshilanadi, lekin vazifalar miqdori ko’p bo’lsa.
Loyiha bo’yicha boshqarish ishlab chiqarish texnologiyasining o’zgarishi bilan bog’liq qayta qurishlar va yangi texnologiyalar kiritilishi zarur bo’lgan korxona va tashkilotlarda qo’llaniladi. Bunday qayta qurishni amalga oshirish uchun faqatgina shu loyihaga javob beрuvchi boshqaruv oрgani tuziladi. Boshqaruvning loyiha bo’yicha oрgani vaqtinchalik tashkilot hisoblanadi. Unga yuklatilgan vazifalar amalga oshirilgandan so’ng u tugatiladi.
Matritsali tuzilma chiziqli va loyiha bo’yicha boshqaruv tuzilmalarining birlashtirilishi natijasida ko’riladi. Chiziqli boshqaruv tamoyili saqlanib qolinadi, loyiha bo’yicha boshqarishga mos ravishda esa mavzularni, ilmiy izlanishlar bo’yicha dasturlar, loyihalashtirish texnologik tayyorgarlik ekspeрimental ishlab chiqarish mahsulotini tayyorlash, sotish va h.k.lar tashkil qilinadi.

Yüklə 10,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə