2-mavzu. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari. (4soat) Reja



Yüklə 256,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/12
tarix03.02.2023
ölçüsü256,85 Kb.
#100089
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2-mavzu. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari. 11

Qisqacha xulosalar 
Personalni boshqarish – bu alohida xodim va umuman korxona manfaatlari 
maqsadida inson salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan 
tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, axloqiy va huquqiy munosabatlar 
tizimidir. 


“Personalni boshqarish” fani mehnat munosabatlari va insonning 
korxonadagi faoliyatini ilmiy tadqiq etib, ushbu ilmiy izlanishlar quyidagi 
darajalarda olib boriladi: boshqaruv jarayonlari darajasi; korxona darajasi 
va inson darajasi. 
Personalni boshqarish yoki personal menejmenti deyilganda, ham 
alohida menejerlar, ham umuman butun boshqaruv apparatining faoliyat 
turlari, eng avvalo boshqaruv faoliyati tizimi tushuniladi. 
Xodimlar salohiyatini shakllantirish – bu personal mehnat 
munosabatlarini personalni boshqarish xizmati tomonidan belgilangan 
tartib-qoidalar asosida tashkil etishdir. 
Boshqaruv nazariyasi va amaliyoti rivojlanishiga Sohibqiron Amir 
Temur va g‘arb olimlaridan A.Smit, F.Teylor, G.Emerson, A.Fayol, G.Ford 
va boshqalar o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar. 
Personalni boshqarish zamonaviy yo‘nalishlari “inson resurslarini 
boshqarish” tushunchasini qamrab oladi. Inson resurslarini boshqarish 
ishlab chiqarishda inson omilini hisobga olishga asoslangan. 

Yüklə 256,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə