2-mavzu: Turon kurashni va uning rivojlanish tarixi


Jismoniy chiniqqanligini va jangovor tayyorgarligi uchun quyidagi me



Yüklə 232,03 Kb.
səhifə2/5
tarix12.05.2023
ölçüsü232,03 Kb.
#109890
1   2   3   4   5
2 maruza

Jismoniy chiniqqanligini va jangovor tayyorgarligi uchun quyidagi mezon tavsiya etilgan.

  1. Qilichbozlik san’atini yaxshi bilishi.

  2. Kamondan o‘q otish (Nayza).

  3. Ot ustida turish (Ot ustida mustahkam turib, kurashish, jang qilish).

  4. Suvda suza bilish.

  5. Turlixil ob-havoda moslashganligi.

  6. Chidamlilik, chaqqonlik.

  7. Tezkorlik va sakrash.

  8. Akrobatika, alpinizm.

9. Jang qilish paytidagi ruhiy tayyorgarlik.
10. Qurol yaroqlar yaroqsiz holga kelib qolganda jang qilish:
a) qo‘l – oyoq;
b) gavda harakati;
v) ot ustida bir-birovini tortish va yerga yiqitish;
g) yiqitgan holda uni yanchib yengish, ag‘darish, uloqtirish kabilar har bir jangchiga mujassam bo‘lishi shart edi.
Amir Temurning jang sanatiga zamonaviy talqin.
Temur hazratlari amalga oshirgan ishlari ul zotning mo‘jizalari insoniyatni hamon hayratga solib kelmoqda. Sohibqironning 660 yillik to‘ylari munosabati bilan 1996 yil xalqaro ilmiy anjumanda, minbarga AQSH dagi Atlantik kengashi xalqaro xavfsizlik dasturining o‘sha yilgi direktori gineral, professor Richart Nil’sinning nutqida, Amir Temur mukammal jangchi va zamonaviy jang qilish san’ati namoyondasi ekanligini ta’kidlab uning qo‘l ostidagi jasur, pahlavon, qo‘rqmas yigitlar tayyorgarligi usuli, amali serqirraligi, yakkamayakka olishuvlari amaliyoti, g‘oliblik sari yetaklab, raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgani, jang maydoni uning uchun nazorat emas, harakat maydoni edi. Temur strategiyasining o‘zagi bo‘lgan e’tiroflarini general ichki shavq bilan idrok etdi. Jangovar san’atning mukammal ijrochisi deya so‘zini yakunladi. Bu so‘zlar chuqur ma’noga va tarixiy negizi mujassam Sohibqiron Temur davrida takomiliga yetgan jangovar san’at, zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib hozirgi kundagi milliy sport turimiz Turon yakkakurashini vujudga kelishi uchun asos hisoblanadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Badal janri, jang tasviriy sana’ti, urush va harbiy hayot mavzularini aks ettirishga bag‘ishlangan. Badal janri hozirgi kunda asosiy o‘rinda turadi, sababi o‘tgan davr lavhalari jang qilish ko‘rinishi jasurlikni, bahodirlikni, jang qilish san’tini mazmunini ochib beradi, bu janr tarixni yaqinlashtirib hozirgi zamonga yaqin qiyofani aks ettiradi. Tasviriy sana’tda jang qilish lavhalari tasvirlari qadimdan mavjud. Yakkama-yakka kurashimizni aks ettiruvchi o‘zbek tasviriy sana’tida bu janr sarchashmalari qadimgi arxeologik topilmalardan, san’at namunalari, minatura san’atida ko‘rinadi. Shuningdek yozma manbaalarda Amir Temur saroyi devorida, sohibqiron qahramonliklari, jang san’ati usullari ask ettirgan lavhalar ishlangan. XX asr rassomlari ijodidaham qadimiy jang san’ati o‘z o‘rnini topgan. Jumladan M.Nabiev,U.Tansiqboyev, A.Muhammadiyev kabi rassomlar ijodida jangovar san’at mahobatlarini tasvirlaganlar.
O‘zbekistonning jismoniy tarbiya sohasidagi boy madaniy me‘rosini o‘rganib (1981yil) Respublika va xalqaro musobaqalar g‘olibi va sovrindori, “Jangovar san’at” bo‘yicha turnirlar qatnashchisi, sport ustasi Baxodir Saidov texnik harakatlarni tabaqalashtirib, bir necha yillar kecha-kunduz mehnati evaziga, ularni sport yo‘nalishini belgilovchi yangi butun bir paket hujjatlarni tuzdi va shaxsiy o‘ziga xos belgilar bilan farqlanadigan, xalqaro sport talablariga javob beradigan, Turon yakkakurashi milliy sport turiga asos soldi (B.Saidov 1991). Mustaqilligimiz sharofati bilan milliy qadiryatlarimiz qayta tiklanib, ajdodlarimizdan me’ros jangovar san’at «Turon» deya nom oldi va milliy sport turlarimiz qatoridan joy oldi.



Yüklə 232,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə