2-mavzu: yol holati va avtomobillar harakat sharoitiga tabiiy iqlim omillarining ta’siri


Avtomobil yo‘lining konstruksiyasiga ta’sir etuvchi asosiy namlik manbalari tuzilishi



Yüklə 11,9 Mb.
səhifə2/10
tarix26.10.2023
ölçüsü11,9 Mb.
#131024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-мавзу през-си (2)

Avtomobil yo‘lining konstruksiyasiga ta’sir etuvchi asosiy namlik manbalari tuzilishi:

  • Avtomobil yo‘lining konstruksiyasiga ta’sir etuvchi asosiy namlik manbalari tuzilishi:
  • 1 — Yog‘ingarchilik; 2 —oqava suvlar; 3 — yer osti suvlari va bug‘lanish orqali namlanish; 4 — qumli asos; GSCh — grunt suvining chegarasi
  • Avtomobil yo‘llarini transport-ekspluatasion xolatini baholashda zarur bosqichlar biri yo‘l qoplamasini mustahkamlik darajasini aniqlash. Qoplama mustahkamligi yo‘l qoplamasining ravonligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, harakat tezligining ta’minlanishiga va transport vositalarinidan foydalanish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qoplamada asta-sekin mustaxkamlik pasayishi sababli har xil deformasiya va buzilishlar paydo bo‘ladi.
  • Deformasiya - qoplama zarralarining holatini birmuncha o‘zgarishi, ko‘chishi bilan bog‘liq. Qoplamani deformasiyasi yonida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar o‘lcham va shaklini, qoplamani og‘irligi o‘zgarmasdan va yaxlitligini yo‘qotilishi. Egiluvchan va qoldiq (plastiklik) deformasiyalarga bo‘linadi.
  • Egiluvchan deformasiyalar ta’sir qilgan yuk (o‘tishidan) olingandan so‘ng o‘sha vaqtda yo‘qoladi. Qoldiq deformasiya esa ta’sir qilgan yuk olingandan so‘ng qaytmaydi va bu xolat takrorlanishi ta’sirni yig‘ilishga olib keladi.
  • Buzilish – o‘lchamlari o‘zgarishi, shakli va og‘irligi qoplamani yaxlitligini yo‘qotilishi.
  • Agar yo‘l qoplamasi hamma qoidalari va normalarga asosan qurilgan bo‘lsa, bu yo‘lda buzilishlar bo‘lmaydi (qoplama emirilishidan tashqari), lekin zamonaviy transportdan tushayotgan yuk ta’sirida va tabiiy-iqlim faktorlari ta’sirida deformasiyalar hosil bo‘ladi.
  • Yo‘l qoplamasining deformasiyalari quyidagi holatlarda unga tushadigan turli darajadagi yuklarga bog‘liq.
  • Birinchi holatda agarda yuk yuqori darajada katta bo‘lsa, yo‘l to‘shamasi va yo‘l poyi yaxshi mustahkamlangan bo‘lsa yo‘l qoplamasi buzilmaydi, faqat egilish bo‘ladi, yuk o‘tishi bilan oldingi holatiga qaytadi.
  • Ikkinchi holatda yuklarning oshishi yoki vaqt o‘tishi bilan yo‘l to‘shamasi va poyida mustahkamlikning pasayib borishi evaziga mayda plastik deformasiyalarni paydo bo‘lishi.
  • Uchunchi holatda yo‘l to‘shamasining mustahkamligi ob-havo va TV dan keladigan ta’sir hisobiga pasayishi evaziga mustahkamlikning me’yor talablariga javob bermasligi evaziga yo‘l to‘shamasida va qoplamasida deformasiyalar va buzilishlar yuzaga keladi.
  • МУНДАРИЖА
  • Yo‘l to‘shamasidagi deformasiya va buzilishlarning ko‘rinishi:
  • 1 – cho‘zilish oralig‘i; 2 –egilish; 3 – to‘shamani siqilgan joyi; 4 –yo‘l to‘shamasida yoriqlar; 5 – to‘shamani yuqori kesilishlari; 6 – yo‘l to‘shamasining deformasiyasi; 7 – gruntning surilish yo‘nalishi; 8 – gruntning siqilish yo‘nalishi; 9 –yo‘l to‘shamasining asosidagi gruntning holati; 10 – gruntga berilayotgan bosim maydoni
  • Yo‘l qoplamasining deformasiya va buzilishlarining ko‘rinishlari:
  • Juda katta yuk yoki yo‘l poyi gruntining mustahkamligi pasayishi hisobiga deformasiyalar asta-sekin yig‘ilib boradi. Bu deformasiyalarni o‘z vaqtida oldi olinmaganligi va zarur choralar ko‘rilmaganligi sababli yo‘l to‘shamasida buzilishlar yuzaga keladi.
  • TV g‘ildiragini bosimi ta’sirida yo‘l to‘shamasining qismida egilishlar yuzaga keladi.
  • Bahor yoki kuz oylarida gruntning namligini ortishi natijasida mustahkamligi kamayadi. Bu davrda og‘ir yuklarni harakatlanishi hisobiga yo‘l to‘shamalarida sinishlar, buzilishlar kuzatiladi. Bunday holatlarda buzilish va deformasiyalarning oldini olish uchun 2-3 haftaga yo‘ldan og‘ir yuklarni harakatini taqiqlab qo‘yadi.

Yüklə 11,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə