Faoliyatga yo„naltirilgan yondashuv
. Individning jarayonli sifatlarini
shakllantirish, ta‘lim oluvchining faoliyatini faollashtirish va tezlashtirish, o‗quv
jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga
yo‗naltirilgan ta‘limni ifodalaydi.
Dialogik yondashuv
.
Bu yondashuv o‗quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik birligi
va o‗zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‗z-o‗zini
faollashtirishi va o‗z-o‗zini ko‗rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta‟limni tashkil etish
.
Ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi
o‗rtasida demokratik, tenglik, hamkorlik kabi o‗zaro sub‘ektiv munosabatlarga,
faoliyat maqsadi va mazmunini birgalikda shakllantirish va erishilgan natijalarni
baholashga e‘tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta‟lim
. Ta‘lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish asosida ta‘lim
oluvchilarning o‗zaro faoliyatini tashkil etish usullaridan biridir. Bu jarayon ilmiy bilimlarni
ob‘ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini aniqlash, dialektik tafakkurni va ularni amaliy
faoliyatda ijodiy qo‗llashni shakllantirishni ta‘minlaydi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo„llash
–
bu
yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‗quv jarayonida qo‗llashdir.
O„qitish uslublari va texnikalari
.
Ma‘ruza (kirish, mavzuiy, ma‘lumotli,
ko‗rgazmali (vizuallashgan), aniq vaziyatlarni yechish, qoidalarni tahlil qilish),
munozara, muammoli uslub, pinbord, aqliy hujum, tezkor –so‗rov, savol-javob,
amaliy ishlash usullari.
O„qitishni tashkil etish shakllari:
dialog, muloqot, ko‗rgazmali, hamkorlik va
o‗zaro o‗qitishga asolangan frontal, jamoaviy va guruhlarda o‗qitish.
Dostları ilə paylaş: |