20 to‘rayev dilshodjon ermonqul o‘G‘LI


narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida)



Yüklə 362,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix26.05.2022
ölçüsü362,75 Kb.
#87960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Iqtisodiyot nazariyasi Oraliq nazorat ishi To\'rayev D.E.

narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida) 
keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika vositasi bo’lgan mahsulotlar, ayrim turdagi 
xalq iste’moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga 
o’tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat 
tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo’yildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng 
yuqori tariflari joriy qilindi. 
Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil) 
kelishilgan 
ulgurji narxlarni davlat tomonidan tortibga solish to’xtatildi. Qat’iy belgilangan va 


davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va 
ko’rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil oktyabr-
noyabr) 
xalq iste’mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo’yib yuborildi, 
transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, respublikada 
iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni bosqichma-bosqich (uch 
bosqichda) to’liq erkinlashtirish bilan tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini 
ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. 
Davlat tomonidan turli kompensatsiyalar maqsadidagi jamg’armalar tuzildi, 
ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam miqdori muntazam suratda oshirib 
borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam 
ko’rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi. Aynan samarali va oqilona narx 
siyosati vositasida mamlakatimizda birlamchi ehtiyojga ega bo’lgan tovarlarni 
ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Bu esa, birinchidan, aholining mazkur tovarlarga 
bo’lgan ehtiyojlarini milliy ishlab chiqarish tomonidan to’la va sifatli ta’minlash 
imkonini berdi. Ikinchidan esa, oziq-ovqat va boshqa strategik ahamiyatga ega 
bo’lgan tovarlarning o’zimizda etarli hajmda ishlab chiqarish imkoniyatining qo’lga 
kiritilishi, respublikamizning boshqa mamlakatlardan qaramligini bartaraf etib, 
iqtisodiy xavfsizlikni ta’minladi. Bu borada, Prezidentimiz I.Karimovning quyidagi 
so’zlarini keltirib o’tish o’rinlidir: «Barchamizga bir holat yaxshi ma’lum, deb 
o’ylayman. Keyingi vaqtda qo’shni mamlakatlarda va jahon bozorida oziq-ovqat 
mahsulotlari narxining keskin ko’tarilib borayotgani kuzatilmoqda. Bunday 
vaziyatda respublikamiz ichki bozorining, aholimizning oziq-ovqat mahsulotlari 
bilan ishonchli ta’minlanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan 
bizning 90-yillardanoq 40<026Fg’alla mustaqilligiga erishish, aholining un va 
nonga, boshqa hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlariga bulgan talabini to’la 
ta’minlash vazifasini o’z oldimizga qo’yganimiz va uni muvaffaqiyatli hal etganimiz 
uzoqni o’ylab qilingan oqilona ish bo’lganini eslash o’rinlidir. 
Bugungi kunda O’zbekiston bug’doy, un, paxta yog’i, meva-sabzavot, quruq 
mevalar va uzum, poliz mahsulotlari kabi o’ta zarur oziq-ovqat tovarlari bilan 
nafaqat o’z ichki ehtiyojlarini to’liq ta’minlamoqda, balki ularni yurtimizdan 
tashqariga ham eksport qilmoqda. Hozirgi paytda go’sht va sut mahsulotlari, guruch, 
kartoshka va boshqa muhim oziq-ovqat mollariga bo’lgan talabni o’zimizda ishlab 
chiqarilayotgan tovarlar hisobidan to’liq qoplanmoqda va bunday holatni 
o’zimizning ulkan yutug’imiz deb hisoblaymiz». 
Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi 
sharoitida 
milliy 
iqtisodiyot 
raqobatbardoshligi hamda barqarorligini oshirishda narxning ahamiyati oshib 
bormoqda. Jumladan, O’zbekistonda qat’iy tejamkorlik tizimini rag’batlantirish 
orqali korxonalarning raqobatdoshligini oshirish ko’p jihatdan mahsulotlar 


tannarxini pasaytirishga bog’liqdir. Shunga ko’ra, «Inqirozga qarshi choralar 
dasturida 2009 yilda barcha turdagi energiya manbalari va kommunal xizmatlarning 
asosiy turlari bo’yicha narxlarning ko’tarilishini cheklash, ya’ni ularni 6-8 foizdan 
oshirmaslik mexanizmi ishlab chiqilgan» bo’lib, mazkur choralar mahalliy ishlab 
chiqaruvchilarning raqobatbardosh mahsulotlar yaratish va eksport qilish 
imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yüklə 362,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə