Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi. Bunda narx bozorda talab va taklifning
hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi.
Bozor narxi – bu muvozanatlashgan narx bo’lib, ubirinchidan, tovarlarning sotilishi ta’minlaydi, ikkinchidan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltirmaydi. 2.
Qiymat va naflilikni o’lchash vazifasi. Narx qiymat vanaflilikning puldagi
ifodasi deb aytamiz, chunki qilingan sarf- xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki
zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining
natural ko’rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m2, m3, kvt-soat va hokazo). Bu
ko’rsat kichlarni shu holicha taqqoslab, umumiy ko’rsatkichga keltirib bo’lmaydi.
Barcha natural ko’rsatkichlarning umumiy o’lchovi ularning puldaifodalangan
narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qo’llaniladi.
Joriy narxlar amaldagi narxlar bo’lib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil (bazis yil) asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqiva shu kabi
ko’rsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Chunki joriy narxlar
inflyatsiya tufayli o’zgarishi va real iqtisodiy natijani ko’rsatmasligi mumkin.
3.
Tartibga solish vazifasi. Bozor holati (kon’yunkt urasi) talab va taklif hamda
ularning nisbatiga bog’liq. Talabning ortishi muayyan tovarni ishlab chiqarishni
kengaytirishni, askincha holatda esa tovar ortiqchaligini, uni ishlab chiqarishni
qisqartirish zarurligini bildiradi. Narx tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga
ularning daromadlari orqali ta’sir ko’rsatadi. Muayyan ishlab chiqarish xarajatlari
saqlangan holda narx yuqori bo’lsa, foyda miqdori ortadi, narx tushsa, foyda
kamayadi va hatto ishlabchiqaruvchilar zarar ko’rishi ham mumkin. Bu ishlab
chiqaruvchilar faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Narx oshsa, ishlab chiqarish kengayadi.
Boshqa kapitallar ham foyda yuqori bo’lgan soha va tarmoqlarga oqib kela
boshlaydi. Xullas, narx ishlab chiqarishni tartibga solib, uni o’zgartirib turadi va
rivojini ta’minlaydi.
4.